Ignabargli oʻsimliklar
(Ignabargli o`simliklardan yoʻnaltirildi)
Ignabargli oʻsimliklar - qaragʻaytoifa (ochiq urugʻli) oʻsimliklar boʻlimiga mansub, asosan, monopodial, baʼzan simpodial shoxlanuvchi daraxt yoki butalar. Poyasida oʻtka-zuvchi naylar oʻrnida serkovak hoshiyali traxeidlar boʻladi. Poyasi ikkilamchi yoʻgʻonlashish xususiyatiga ega. Barglari tangacha yoki ignasimon (nomi shundan olingan), poyasida bir necha yil turadi. I. oʻ. shamol yordamida changlanadi. Ularning aksariyat qismini doim yashil oʻsimlik turlari tashkil etadi. Yer yuzida I. oʻ. ning 400 ga yaqin turi bor. Asosan, Shim. yarim sharda tarqalgan. qaragʻay, archa, qora qaragʻay, tiss, sarv turkumlari koʻproq uchraydi. Oʻzbekistonda archa turkumiga mansub turlar oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |