Ikkinchi fors-turk urushi — 606 — 607-yillarda Koʻkturklar va eftaliylarning Sosoniylar imperiyasiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Urush 608-yilda arman generali Smbat IV Bagratuniy boshchiligidagi sosoniylarning turklar va eftaliylarning magʻlub etilishi bilan yakunlanadi.

Ikkinchi turk-fors urushi
Turk-Fors urushlari
Sanalar 607 — 608
Urush yeri Eron, Xuroson va Markaziy Osiyo
Natija Sosoniylar gʻalabasi.
Raqiblar
Sosoniylar imperiyasi Gʻarbiy turk xoqonligi,

Eftallar

Qoʻmondonlar
Smbat IV Bagratuni Nomaʼlum
Kuchlar
2000 Nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Nomaʼlum Juda koʻp

Maʼlumotlar

tahrir

607-yillarda turklar koʻp sonli askarlari bilan Sharqiy Forsga bostirib kirdilar, biroq Xurosondagi Tus qalʼasi yaqinidagi jangda magʻlubiyatga uchradilar. Bu jangda magʻlub boʻlgan turklar va eftaliylar xoqondan qoʻshimcha kuch soʻrashadi. Sebeosning ma'lumotlariga koʻra, armiyani kuchaytirish uchun bir necha ming askar yuborilgan. Tez orada bu kuch bilan Tus qalʼasini bosib olishdi. Shuningdek turklar Isfahongacha bostirib borishdi. Smbat sharqiy fors qoʻshinlarini tezda qayta tashkil qildi. Oxir-oqibat Sosoniylar turklar va eftaliylarni tor-mor etdi[1][2][3]. Turklarning qoʻmondoni nomaʼlum tarzda vafot etdi. Bu albatta qoʻshinning kayfiyatiga salbiy ta'sir koʻrsatdi. Turklar qoʻshini tartibsiz ravishda tarqalib ketishdi.

Manbalar

tahrir
  1. Garsoian, Nina (2005-07-20). "SMBAT BAGRATUNI". Encyclopaedia Iranica. Iranicaonline.org. Retrieved 2013-08-10.
  2. Pourshariati 2008, p. 139.
  3. Garsoian, Nina (2005-07-20). "SMBAT BAGRATUNI". Encyclopaedia Iranica. Iranicaonline.org. Retrieved 2013-08-10.