Ilhomjon Toʻxtasinov

oʻzbekiston olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Ilhomjon Madaminovich Toʻxtasinov (1980-yil 4-may, Shahrixon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2018), professor (2020).

Ilhomjon Madaminovich Toʻxtasinov
Tavalludi 4-may 1980-yil (1980-05-04) (44 yosh)
Shahrixon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, tilshunoslik
Taʼlimi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Ilhomjon Toʻxtasinov 1980-yil 4-may Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tugʻilgan[1]. 2001—2005-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, 2005—2007-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi, 2007—2010-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti, 2010—2012-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012—2013-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fakulteti dekani, 2015—2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[1]. 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori hamda bir paytnig oʻzida Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili (2021—2022)[1][2].

2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori[3].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Ilhomjon Toʻxtasinov ilmiy ishlari adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslikka oid. Olim 2011-yilda „Badiiy matnda qo‘shma so‘zlarning lingvokulturologik va gender xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, 2012-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2018-yilda „Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompentetsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish (ekvivalentlik hodisasi asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[1]. 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Ilhomjon Toʻxtasinov 138 ta ilmiy ishlar, jumladan, 10 ta darslik, 6 ta monografiya, 84 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar muallifidir[1]. Ilhomjon Toʻxtasinov Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari, Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan[4][5]. Jumladan, Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligiga „Mehrobdan chayon“ romanini[4], Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanini[6] oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

tahrir