Ilya Golyayev
Ilya Andreyevich Golyayev (1859-yil – 1942-yil, Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahri) – Saratov viloyati, Balashov shahridagi ECB cherkovining oqsoqoli, bir necha bor SSSR Baptistlar ittifoqi raisi etib saylangan.
Ilya Andreyevich Golyayev | |
---|---|
Tavalludi | 1859-yil |
Vafoti |
14-sentyabr 1942-yil Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahri |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi→ SSSR |
Hayoti
tahrirIlya Andreyevich Golyayev 1859-yilda tugʻilib, molokan oilasida oʻsgan. Yoshligida u Balashovda vaʼz qilgan baptistlar N.M.Chetvernin va P.G.Demakin bilan, keyinroq esa V.V.Ivanov bilan uchrashgan. Ular bilan muloqot qilish natijasida 1890-yilda muqaddas suvga choʻmish marosimidan oʻtgan. Uning saʼy-harakatlari tufayli Balashovda katta baptistlar cherkovi paydo boʻlgan.
Ellik yildan koʻproq vaqt davomida Ilya Andreyevich Golyayev Balashov cherkovining doimiy presviteri boʻlib, bir ovozdan bir necha marta qayta saylangan[1]. 1910-yilda uning tashabbusi va moddiy ishtiroki bilan Balashovda Rossiyada birinchilardan boʻlgan katta ibodatxona qurilgan[2]. Shu bilan birga, Ilya Andreyevich Golyayev Rossiya baptistlari ittifoqida ishlagan (tashkilot nomi bir necha bor oʻzgartirilgan). Ilya Golyayev 1910—1917-yillarda, 1924—1926-yillarda, 1933—1935-yillarda tanaffuslar bilan Rossiya baptistlari ittifoqi raisi boʻlgan.
1911-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Filadelfiya shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon baptistlar kongressida rus baptistlari delegatsiyasiga rahbarlik qilgan[3]. U 1925-yilda oʻtkazilgan SSSR Baptistlar ittifoqi kengashiga boshchilik qilgan. Ushbu yigʻilishda Butunjahon baptistlar ittifoqi vakili doktor Rushbruk va V.V.Skaldin, G.I.MazaYev, N.V.Odintsov, I.A.Golyaev, P.V.Pavlov, S.V.Belosov, D.P.Stepin, P.V.Ivanov-Klyshnikov, P.X.Mordovinlar ishtirok etgan.
Ilya Andreyevich Golyayev qisqa muddatli kasallikdan soʻng 1942-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrir- Иванов М. В. Синичкин А. В.. История евангельских христиан баптистов России, М., 2012. ISBN 978-5-9902083-6-0.
Manbalar
tahrir- ↑ История ЕХБ в СССР. — M.: Издательство ВСЕХБ, 1989 год. — С. 523.
- ↑ Иванов, Синичкин 2012.
- ↑ Голяев М. И. Илья Андреевич Голяев // Братский вестник. — 1945. — № 2. — С. 28.