Ilya Kim (Sotsialistik Mehnat Qahramoni)
Ilya Kim (1917-yil 17-sentyabr, Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Krasatusk qishlogʻi shahri – 1998-yil 8-iyun, Mingchinor qishlogʻi, Quyi Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Mikoyan nomidagi kolxoz aʼzosi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Ilya Kim | |
---|---|
Tavalludi |
17-sentyabr 1917-yil Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Krasatusk qishlogʻi |
Vafoti |
8-iyun 1998-yil (80 yoshda) Mingchinor qishlogʻi, Quyi Chirchiq tumani, Toshkent viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirIlya Kim 1917-yil 8-iyunda Nikolsk-Ussuriysk tumanining Krasatusk qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1950-yillarning boshidan Quyi Chirchiq tumanida joylashgan Mikoyan nomidagi (keyinchalik Sverdlov nomidagi) kolxozda oddiy kolxozchi, 1-dala ekinlari brigadasi brigadiri boʻlib ishlagan.
1950-yilda Ilya Kim jamoasi 8,8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 92,5 sentnerdan yashil kenaf yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan u Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Ilya Kim Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor ishtirok etgan.
Ilya Kim 1966-yildan Stavropol oʻlkasida yashagan. Kursk viloyati Galyugaevskaya qishlogʻida qovun, piyoz va sholi yetishtiruvchi koreys brigadasining brigadri boʻlib ishlagan.
U 1976-yilda nafaqaga chiqqan. RSFSR shaxsiy nafaqaxoʻri boʻlgan. 1987-yilda Oʻzbekistonganing Galabin tumanidagi 9-boʻlim qishlogʻida yashagan.
Ilya Kim 1998-yil 8-iyunda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida vafot etgan va Quyi Chirchiq tumanidagi Mingchinor qishlogʻida (sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz) dafn etilgan.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni
- Lenin ordeni
- „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Ким Илья - Герой Социалистического Труда“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.