Immobillashgan fermentlar — molekulalari polimer birikmalar bilan kovalent bogʻlangan, sunʼiy olinadigan ferment preparatlar. Shuning uchun immobillashgan fermentlar denaturatsiyani vujudga keltiruvchi taʼsirlarga nisbatan chidamli boʻladi. Bunday fermentlar nativ (tabiiy) fermentlarga nisbatan afzalliklarga ega. Ular proteoliz fermentlari va mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib ketmaydi; turgʻun no-immunogen xususiyatiga ega boʻladi, shuningdek, organizmning zarur joyida toʻplanadi. Immobillashgan fermentlar analitik tadqiqotlar va nozik organik sintez jarayonlarida qoʻllanadi. Kelajakda ularni tibbiyotda va biotexnologik sanoatda (antibiotiklar, aminokislotalar, oziq moddalar olishda) qoʻllash mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil