Imperiya
Imperiya (lotincha imperium — hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; baʼzi qadimiy zamon (Rim imperiyasi), oʻrta asr ("Muqaddas Rim imperiyasi") yirik monarxiya davlatlari ham imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati agʻdarilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804— 1914-yillarda (1868-yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-yildan 1918-yil inqilobiga qadar) imperiya boʻlgan; 2) mustamlakalari boʻlgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan[1].
Imperiya (lotincha imperium, ma'nosi yuqori hokimiyat) — boshligʻi imperator unvoniga ega boʻlgan monarxiya davlati. Bitta markazdan boshqariladigan koʻpmillatli, yoki koloniyalarga ega boʻlgan davlatlar ham imperiya deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda davlat boshligʻi imperator boʻlgan bitta davlat bor - Yaponiya (lekin amalda Yaponiyaning oʻzi imperiya emas).
Mashhur imperiyalar
tahrir- Avstriya-Vengriya imperiyasi (1867 — 1918)
- Akkad imperiyasi (tah. e. a. 2350 — 2150 - tarixdagi ilk imperiya)
- Ossuriya imperiyasi (ок. 900 — 612 до н. э.)
- Bolgariya imperiyasi (681 — 1018; 1185 — 1396)
- Braziliya imperiyasi (1822 — 1889)
- Britaniya imperiyasi (ок. 1583 — 1960)
- Venetsiya imperiyasi (c. 900 — 1797)
- Vizantiya imperiyasi (395 — 1453)
- Vetnam imperiyasi ( — 1945)
- Gʻaznaviylar imperiyasi (977 — 1186)
- German imperiyasi (1871 — 1918)
- Germaniya kolonial imperiyasi (1884 — 1918)
- Daniya kolonial imperiyasi
- Misr imperiyasi (e. a. 1550 — 1070)
- Oltin Oʻrda (1378 — 1502)
- Asteklar imperiyasi (1375 — 1521)
- Gabsburglar imperiyasi (Avstriya imperiyasi) (1804 — 1867)
- Gaiti imperiyasi (1804 — 1806)
- Gana imperiyasi
- Gupta imperiyasi (320 — 550)
- Inklar imperiyasi (1438 — 1533)
- Kongo imperiyasi
- Kushon imperiyasi
- Mali imperiyasi
- Nanda imperiyasi
- Sosoniylar imperiyasi (224 — 651)
- Temuriylar imperiyasi (1401 — 1505)
- Tu'i Tonga imperiyasi (950 — 1875)
- Ispan imperiyasi (1492 — 1975)
- Italiya kolonial imperiyasi(1885-1960)
- Xitoy imperiyasi (e. a. 221 — 1912)
- Koreya imperiyasi (1897 — 1910)
- Kxmer imperiyasi (802 — 1462)
- Makedon imperiyasi (tah. e. a. 338 — tah. e. a. 309)
- Boburiylar saltanati (1526 — 1857)
- Maura imperiyasi
- Meksika imperiyasi (1822 — 1823, 1864 — 1867)
- Mog'ul imperiyasi (1206 — 1294)
- Niderlandiya kolonial imperiyasi
- Usmoniylar imperiyasi (1281 — 1923)
- Fors imperiyasi (tah. e. a. 550 — 330)
- Portugaliya imperiyasi (1495 — 1975)
- Rim imperiyasi (27 до н. э. — 476)
- Rossiya imperiyasi (1721 — 1917)
- Muqaddas Rim imperiyasi (843 – 1806)
- Serb imperiyasi (1345 — 1371)
- Teotixuakan imperiyasi
- Uchinchi reyx (1933 — 1945)
- Birinchi fransuz imperiyasi (1804 — 1815)
- Ikkinchi fransuz imperiyasi (1853 — 1871)
- Fransuz kolonial imperiyasi (tah. 1605 — 1960-yillar)
- Xett imperiyasi (e. a. 1460 — 1180)
- Markaziy Afrika imperiyasi (1977 — 1979)
- Shved imperiyasi (1561 — 1878)
- Shved kolonial imperiyasi
- Elam imperiyasi
- Efiopiya imperiyasi (XIX asr — 1974)
- Yaponiya imperiyasi(1867-1945)