Ingliz tili grammatikasi (Boʻronov, Boʻronova, Toshboyeva)

Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob

Ingliz tili grammatikasi“, toʻliq nomi „Ingliz tili grammatikasi: Spravochnik“ — Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha spravochnik. 1978-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan[1]. Asar pedagogik institutlarning 2–3-bosqich talabalari uchun moʻljallangan. Oʻzbekiston SSRda oliy oʻquv yurtlarida keng ishlatilgan ingliz tili boʻyicha qoʻllanmalarning biri.

Ingliz tili grammatikasi
Muallif(lar) Jamoliddin Boʻronov
Muattar Boʻronova
Muborak Toshboyeva
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978
Sahifalar soni 220

Spravochnikda ingliz tilining grammatik sistemasi qisqacha tushuntirish matnlari va muayyan grammatik jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Asar asosan soʻz turkumlari va ularning gapda ishlatilishiga bagʻishlangan. Mustaqil Oʻzbekistonda yozilgan koʻplab ilmiy maqola va dissertatsiyalarda „Ingliz tili grammatikasi“ spravochnigiga tayanilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Филология фанлари“ (PDF). Ўзбекистон ССР матбуоти солномаси. № 4. Toshkent. 1978. 33-bet. Qaraldi: 26-dekabr 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Чориев, Музаффар. Инглиз тили лексикасини ўқитишнинг лингводидактик асослари. Qarshi: Насаф, 2004. ISBN 5-7323-0.502-2. Qaraldi: 27-dekabr 2024-yil.