Inkuzart — 2020-yil bahorida faoliyatini boshlagan Oʻzbekistondagi ilk anonim koʻcha rassomining taxallusi[1]. Inkuzart oʻzining ilk asarlarini koronavirus pandemiyasiga bagʻishlagan[2]. „Tungi rassom“ oʻzining koʻcha devorlardagi repertuarini „Odam Atoning yaratilishi“, „Mona Liza“, „Umid koʻzi“, „Farishta qanotli shifokor“, „Oy 15/15“, „Bolalar qutqaradi“, „Coronaball“, „Jigarrang koʻz“[3] kabi rasmlar bilan boshladi. Keyinchalik rassomning Toshkent koʻcha devorlaridagi ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy ahamiyatga ega asarlari aholi orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi[4][5][6][7][8].

Inkuzartning koʻcha asarlari ostida qoldirgan belgisi

Rassomni tarmoq foydalanuvchilari „Inkuzart“, „Tungi rassom“, „Koʻcha rassomi“, „Chilonzorlik benksi“ nomlari bilan taniydi. U shaxsini ommaga bildirishni istamagan[9][10].

Havolalar

tahrir
  1. https://www.gazeta.uz/ru/2020/06/20/inkuzart/
  2. https://upl.uz/obshestvo/22655-news.html
  3. https://www.afisha.uz/gorod/2021/10/15/inkuzart/
  4. https://voicesoncentralasia.org/uzbekistan-without-graffiti-censorship-against-street-art/
  5. https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/19/inkuzart-new/
  6. https://podrobno.uz/cat/obchestvo/izvestnyy-stolichnyy-khudozhnik-inkuzart-posvyatil-novoe-graffiti-avtomobilnoy-monopolii-v-uzbekista/
  7. https://rus.ozodlik.org/a/31446794.html
  8. https://kun.uz/ru/news/2021/11/19/v-tashkente-xudojnik-predstavil-svoyu-novuyu-rabotu-posvyashchennuyu-teme-povysheniya-tsen-na-benzin
  9. https://www.xabar.uz/madaniyat/benzin-joniga-qasd-qilish-inkuzartning-yangi-asari
  10. https://daryo.uz/2021/10/24/chilonzorlik-benksi-inkuzart-ozbekiston-prezidenti-sayloviga-bagishlab-graffiti-chizdi-unda-kalmar-oyiniga-ham-ishora-bor/