Krilova Inna Aleksandrovna (1937-yil 29-aprel, Voronej2018-yil 1-yanvar, Moskva) — rus olimi, boʻyoq va laklar sohasidagi mutaxassis, elektrodepozitsiya sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri, professor, kimyo fanlari doktori.

Inna Krilova
Inna Aleksandrovna Krilova
Tavalludi 1937-yil 29-aprel
SSSR, Voronej
Vafoti 2018-yil 1-yanvar
Rossiya, Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi kimyogar
Ilmiy darajasi Kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Hayoti

tahrir

Krilova Inna Aleksandrovna 1937-yil 29-aprelda Voronejda tavallud topgan. 1959-yilda Lenin komsomoli nomidagi Voronej davlat universitetini kimyo yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 1959—1961-yillarda Voronej sintetik kauchuk zavodining Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida (MITL) taqsimot asosida faoliyat yuritgan. 1961-yilda Moskvaga qarashli Rossiya Fanlar akademiyasining Fizik kimyo institutiga (o‘sha paytda SSSR Fanlar akademiyasi) aspiranturaga kirgan va u yerda Pavel Ignatevich Zubov (1906—1986-yillar) rahbarligida ta’lim olgan[1]. 1964-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Himoya qilgandan so‘ng, SSSR kimyo sanoati vazirligining Moskva viloyati Xotkovo shahriga qarashli Lok-bo‘yoq qoplamalari texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida Sedin Ivan Korneyevich rahbarligida katta ilmiy xodim lavozimiga o‘tgan. 1977-yilda suv bilan suyultiriladigan lok-bo‘yoq tizimlarini elektr cho‘ktirishda qoplamalarning shakllanish jarayonini tadqiq qilish mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. Inna Krilova dissertatsiya materiallariga asoslanib, „Okraska elektroosajdeniyem“ kitobini yozgan[3]. I. A. Krilova ilmiy va uslubiy ishlarni olib borgan, 40 dan ortiq avtomobil va mashinasozlik zavodlarida lok-bo‘yoq ishlab chiqarish liniyalarini yaratish hamda ishga tushirishda qatnashgan, xalqaro va Rossiya konferensiyalarida ishtirok etgan. U kimyo sanoatining xizmat ko‘rsatgan xodimlaridan biri.

Krilova Inna Aleksandrovna 300 ga yaqin ilmiy[4][5][6][7] va uslubiy ishlar muallifi[8][9][10][11][12][12], 80 yilligi munosabati bilan „Ya i moy put“ nomlixotiralari nashr etilgan[13]. 1994-yildan beri "Mashximprom" nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatida ishtirok etib, kompaniyaning ilmiy dvigateli bo‘lgan

Shaxsiy hayoti

tahrir

Bobosi — Krilov Mixail Aleksandrovich 1881-yilda Tambov viloyati, Muchkap tumani, Berezovka qishlog‘ida dunyoga kelgan. Tambov diniy seminariyasini tamomlagan. U Milotova Lyubov Ivanovnaga uylangan. Ularning 12 nafar farzandi boʻlgan, shulardan 9 nafari tirik qolgan. Qamoqqa olish davrida, 1937-yilda Tambov viloyatining Morshansk shahriga qarashli Korshunovo qishlog‘idagi Nikolskaya cherkovida ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan. 1937-yil 5-avgust kuni Voronej viloyati bo‘yicha NKVD uchligining qarori bilan 58-10, 11-moddalar bo‘yicha otish jazosiga hukm qilingan. Ota-onasi — Zaporojyelik Aleksandra Georgiyevna, asli Kalachdan (shahar), uning oilasi tikuvchilik hunarini egallagan; va Krilov Aleksandr Mixaylovich, 1949—1958-yillarda Voronej viloyati veterinariya boshlig‘i bo‘lgan[14]. Turmush o‘rtog‘i — fanlar nomzodi. Kvasnikov Yuriy Petrovich[15].

Oʻgʻli professor, texnika fanlari doktori, Kvasnikov, Mixail Yuriyevich. Ikki nabirasi: Timofey, Pyotr va nabirasi Svetlana.

Manbalar

tahrir
  1. „Архивированная копия“. 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  2. Крылова, Инна Александровна — Исследование процесса формирования покрытий при электроосаждении водоразбавляемых лакокрасочных систем : диссертация … доктора физико-математич…
  3. „Архивированная копия“. 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  4. Пигментированные никель-полимерные покрытия, получаемые электроосаждением олигомерных электролитов и никеля на катоде
  5. Совместное электроосаждение на катоде олигомерных соединений и никеля
  6. Лакокрасочные Никель-Полимерные Покрытия, Получаемые Электроосаждением
  7. Лакокрасочные Теплопроводящие Медь-Полимерные Покрытия
  8. „Срок регистрации домена закончился“. 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  9. „Срок регистрации домена закончился“. 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  10. Крылова, и. а. — Поиск по БД «Труды сотрудников РХТУ»
  11. Композиция Для Катодного Электроосаждения Наноструктурных Никель-Полимерных Покрытий
  12. 12,0 12,1 Свойства металлополимерных покрытий, получаемых совместным электроосаждением на катоде полиэлектролита и металлов
  13. „Поиск — Search RSL“. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  14. История ветеринарии — Портал Воронежской области
  15. „Квасников, Юрий Петрович — Водорастворимые термореактивные пленкообразователи на основе метакриламида : диссертация … кандидата технических наук : 05.00.00 — Search RSL“. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.