Inoyatxoja Maxdum
Inoyatxoja Maxdum (1837-yil, Namangan, Qoʻqon xonligi – 1899-yil Namangan, Fargʻona viloyati) —naqshbandiya tariqati murshidi. Namangan ulamolari raisi va Azizxoʻja madrasasi bosh mudarrisi vazifalarida ishlagan.
Biografiyasi
tahrirNamangan shahri Chuqur koʻza dahasi Langar mahallasida tavallud topgan. Nasil-nasabi Paygʻambar Muhammadga ikkinchi tarafdan esa Shayx Xovandi Tohurga taqaladi. Otasi Ulugʻxoja, bobosi Niyozxoja hamda katta bobosi Abdusamat eshonlar zamonasining koʻzga koʻringan olimlaridan boʻlishgan.
Taʼlimi
tahrirDastlabki bilimni ota-onasidan oladi. Keyin Namanganda xoja Amin madrasasida Azizxoja eshondan ilm oladi. 1853-yil Buxoro madrasalarida talimni davom ettiradi. 1863-yil Namanganga qaytadi. Namanganda Langar masjidida imom-xatiblik qila boshlaydi. 1865-yil Qoʻqon xoni Xudoyorxon Namangan ulamolar raisi va Azizxoʻja madrasasi bosh mudarrisi etib tayinlaydi.[1] Taxminan 1866—1867-yillarda Andijon viloyatining Shahrixon tumaniga kelib bir muddat yashagan.
Naqshbandiya tariqati namoyondasi Muhammad Solih Eshoni Xoʻqandiyga murid tushib naqshbandiya tariqati talimini oladi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Bobobekov, haydarbek. Qo'qon tarixi. Toshkent: Fan, 1996 — 144-bet. ISBN 5-648-02374-x.
- ↑ Sharipov, Akramjon. Namangan fozillari. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 244-bet. ISBN 978-9943-8360-4-4.