Inson kapitali indeksi (ing. Human Capital Index (HCI) – sog'liqni saqlash va ta'limning keyingi avlod ishchilarining samaradorligiga qo'shgan hissasini miqdoriy jihatdan belgilaydi. Inson kapitali indeksi Jahon banki tomonidan tayyorlanadi.

Indeks ilk bor 2018-yil oktabr oyida e’lon qilingan va 157 mamlakatni oʻz ichiga olgan. Inson kapitali indeksi bolaning kelajakda qay darajada samarali kadr boʻlib shakllanishini oʻlchaydi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha intervalda boʻlib, qiymat 1 ga yaqinlashishi bugungi bolalarning kelajakda qay darajada yetuk inson boʻlib shakllanishini koʻrsatadi[1].

Hisoblash metodologiyasi

tahrir

Indeksning muhim xususiyati shundaki, u qatʼiy mikro-ekonometrik tadqiqotlarga asoslangan holda sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimlarining shaxslar va mamlakatlar samaradorligiga qoʼshgan hissasini oʼlchaydi. Noam Angrist, Simeon Djankov, Pinelopi Koujianou Goldberg va Garri Patrinos tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Inson kapitali indeksini o'lchash usullari ishlab chiqilgan[2].

Inson kapitali indeksida 3 ta asosiy komponent bor:

1. Tirik qolish ehtimoli

  • 5 yoshdan oshgan bolalar ulushi - foizda (%)

2. Ta'lim

  • Ta'lim miqdori (kutilayotgan ta'lim davomiyligi)
  • Ta'lim sifati (uyg'unlashgan test natijalari)

3. Salomatlik holati

  • Katta yoshdagilarning umr davomiyligi (60 yoshgacha yashagan 15 yoshli o'smirlar ulushi, %)
  • Bolalar oʻrtasida sogʻlom oʻsish (5 yoshgacha boʻlgan bolalarning rivojlanish sur’atlari, %)

Inson kapitali indeksi tirik qolish ehtimoli, ta'lim va sog'liqning mahsuldorlikka nisbiy hissasini quyidagi tarzda ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi:

IKI = Tirik qolish ehtimoli* Ta'lim* Salomatlik holati

Inson kapitali indeksi

tahrir

Inson kapitali indeksi Simeon Djankov va Federika Saliola tomonidan tayyorlangan va birinchi marta Jahon bankining 2019-yilgi Jahon taraqqiyoti hisobotining[3] bir qismi sifatida nashr etilgan.

Inson kapitali indeksi - 2020 boʻyicha mamlakatlar roʻyxati[4]
Reyting Mamlakatlar Baholash (erishilgan potentsial foiz)
1   Singapur 0.88
2   Hong Kong 0.81
3   Yaponiya 0.80
4   Koreya Respublikasi 0.80
5   Kanada 0.80
6   Finlandiya 0.80
7 Makao 0.80
8   Shvetsiya 0.80
9   Irlandiya 0.79
10   Niderlandiya 0.79
11   Birlashgan Qirollik 0.78
12   Estoniya 0.78
13   Yangi Zelandiya 0.78
14   Sloveniya 0.77
15   Norvegiya 0.77
16   Avstraliya 0.77
17   Portugaliya 0.77
18   Fransiya 0.76
19   Belgiya 0.76
20   Shveysariya 0.76
21   Kipr 0.76
22   Daniya 0.76
23   Polsha 0.75
24   Chexiya 0.75
25   Olmoniya 0.75
26   Avstriya 0.75
27   Islandiya 0.75
28   Isroil 0.73
29   Ispaniya 0.73
30   Italiya 0.73
31   Xorvatiya 0.71
32   Malta 0.71
33   Latviya 0.71
34   Litva 0.71
35   AQSh 0.70
36   Belarus 0.70
37   Gretsiya 0.69
38   Vyetnam 0.69
39   Lyuksemburg 0.69
40   Vengriya 0.68
41   Rossiya 0.68
42   Serbiya 0.68
43   Birlashgan Arab Amirliklari 0.67
44   Slovakiya 0.66
45   Xitoy 0.65
46   Bahrayn 0.65
47   Chili 0.65
48   Turkiya 0.65
49   Qatar 0.64
50   Albaniya 0.63
51   Chernogoriya 0.63
52   Seyshell orollari 0.63
53   Ukraina 0.63
54   Kosta Rika 0.63
55   Qozogʻiston 0.63
56   Bruney 0.63
57   Oʻzbekiston 0.63
58   Mavrikiy 0.62
59   Mongoliya 0.61
60   Bolgariya 0.61
61   Meksika 0.61
62   Malayziya 0.61
63   Tailand 0.61
64   Ummon 0.61
65   Peru 0.61
66   Kolumbiya 0.61
67   Trinidad va Tobago 0.60
68   Sent Lusiya 0.60
69   Argentina 0.60
70   Urugvay 0.60
71   Shri Lanka 0.60
72   Qirgʻiziston 0.60
73   Antigua va Barbuda 0.60
74   Ekvador 0.59
75   Eron 0.59
76   Palau 0.59
77   Sent Kitts va Nevis 0.59
78   Ruminiya 0.58
79   Moldova 0.58
80   Falastin 0.58
81   Bosniya va Gertsogovina 0.58
82   Armaniston 0.58
83   Ozarbayjon 0.58
84   Saudiya Arabistoni 0.58
85   Gruziya 0.57
86   Kosovo 0.57
87   Grenada 0.57
88   Quvayt 0.56
89   Shimoliy Makedoniya 0.56
90   Iordaniya 0.55
91   Braziliya 0.55
92   Samoa 0.55
93   Keniya 0.55
94   Salvador 0.55
95   Dominika 0.54
96   Indoneziya 0.54
97   Yamayka 0.53
98   Jazoir 0.53
99   Sent Vinsent va Grenadinlar 0.53
100   Tonga 0.53
101   Paragvay 0.53
102   Tunis 0.52
103   Filippin 0.52
104   Livan 0.52
105   Fiji 0.51
106   Nauru 0.51
107   Nikaragua 0.51
108   Mikroneziya 0.51
109   Nepal 0.50
110   Marokash 0.50
111   Tojikiston 0.50
112   Dominikan Respublikasi 0.50
113   Panama 0.50
114   Gayana 0.50
115   Misr 0.49
116   Hindiston 0.49
117   Kiribati 0.49
118   Kambodja 0.49
119   Gonduras 0.48
120   Myanma 0.48
121   Butan 0.48
122   Zimbabve 0.47
123   Bangladesh 0.46
124   Gvatemala 0.46
125   Gabon 0.46
126   Laos 0.46
127   Vanuatu 0.45
128   Sharqiy Timor 0.45
129   Gana 0.45
130   Tuvalu 0.45
131   Gaiti 0.45
132   Namibiya 0.45
133   Togo 0.43
134   Papua Yangi Gvineya 0.43
135   Janubiy Afrika Respublikasi 0.43
136   Marshall Orollari 0.42
137   Gambiya 0.42
138   Senegal 0.42
139   Solomon Orollari 0.42
140   Kongo Respublikasi 0.42
141   Botsvana 0.41
142   Malavi 0.41
143   Iroq 0.41
144   Pokiston 0.41
145   Komor orollari 0.40
146   Lesoto 0.40
147   Benin 0.40
148   Afgʻoniston 0.40
149   Kamerun 0.40
150   Zambiya 0.40
151   Madagaskar 0.39
152   Tanzaniya 0.39
153   Burundi 0.39
154   Uganda 0.38
155   Burkina Faso 0.38
156   Efiopiya 0.38
157   Mavritaniya 0.38
158   Kot-d'Ivuar 0.38
159   Ruanda 0.38
160   Sudan 0.38
161   Yaman 0.37
162   Esvatini 0.37
163   Gvineya 0.37
164   Kongo DR 0.37
165   Syerra Leone 0.36
166   Angola 0.36
167   Mozambik 0.36
168   Nigeriya 0.36
169   Liberiya 0.32
170   Mali 0.32
171   Janubiy Sudan 0.31
172   Chad 0.30
173   Niger 0.29

Manbalar

tahrir
  1. Measuring Human Kapital
  2. Kraay, Aart (2018-09-25). Methodology for a World Bank Human Capital Index. Policy Research Working Papers. The World Bank. doi:10.1596/1813-9450-8593. hdl:10986/30466. S2CID 170011611
  3. Jahon Banki - 2019-yil hisoboti.pdf
  4. „Human Capital“ (en). World Bank. Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.

Havolalar

tahrir

Oʻzbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi

Jahon Banki 2020-yil uchun inson kapitali indeksini eʼlon qildi (Wayback Machine saytida 2022-05-17 sanasida arxivlangan)