Iordaniyadagi (armancha: Հայերը Հորդանանում, arabcha: أرمن الأردن) — Iordaniyada yashovchi etnik armanlarning kichik jamoasi. Bugungi kunga kelib, Iordaniyadagi armanlarning taxminiy soni 3000 kishini tashkil etadi[1]. Ulardan taxminan 2500 nafari arman Apostol cherkovi[1] izdoshlari boʻlib, asosan gʻarbiy arman lahjasida soʻzlashadi[2]. Armanlar xristian arablardan keyin mamlakatdagi eng yirik nasroniy jamoadir[3].

1930—1946-yillarda Iordaniyada 6000 ga yaqin armanlar yashagan. 1948-yildagi Arab-Isroil urushidan soʻng, Falastindan Iordaniyaga muhojirlarning yangi toʻlqini armanlar sonini 10 mingga koʻpaytirdi, Ammo 1950-yillardan boshlab, ayniqsa olti kunlik urushdan keyin koʻp sonli armanlar Avstraliya, Kanadaga koʻchib ketishdi va Amerika Qoʻshma Shtatlarida emigratsiya 1970-yillarda davom etib, Iordaniyadagi armanlar sonini 3000 tagacha qisqarib ketdi.

Aksariyat armanlar Birinchi jahon urushidan omon qolgan arman genotsidining avlodlari boʻlib, ular deportatsiya qilingan yoki Usmonli imperiyasidan Suriyaga, keyin esa Iordaniyaga qochib ketgan. Dastlabki arman qochqinlari asosan Maʼan, Shobak, El-Karak, Madaba va Ar-Rusayfga joylashganlaar. Hozirda armanlarning aksariyati poytaxt Ammanda istiqomat qiladi, bir nechta oilalar Irbid, Aqaba, Madaba va Ez-Zarqada isteqomat qiladi.

Armanlar turli xil faoliyat sohalarida band hisoblanadilar. Koʻpincha fotosuratchilar, dizaynerlar, avtomexaniklar, yirik biznesmenlar va kichik savdogarlar kabi soha vakillari hisoblanadilar.

Ammanda arman kvartalida ikkita arman cherkovi faoliyat yuritmoqda.

Iordaniyadagi armanlar, asosan Arman Apostol cherkovining izdoshlari hisoblanadi. Armanlarning oz qismi arman katolik cherkovining izdoshlaridir.

  1. Arman Apostol cherkovi, Thaddeus (Ammanda) — arman Apostol cherkoviga xizmat qiladi, arman katoliklarining Amman sharqida joylashgan Jabal al-Ashrafiyadagi arman kvartalida oʻz cherkovi bor.
  2. Arman Apostol cherkovi, Karapet (Iordan daryosi yaqinidagi suvga choʻmish joyida).
  3. Arman katolik cherkovi, Sahak va St. Mesrop (Ammanda).

Taʼlim

tahrir

Arman tili va oʻziga xosligini saqlab qolishda taʼlim muassasalari muhim rol oʻynaydi. Arman maktablarini bitirgan maktab oʻquvchilari boshlangʻich sinflarni chetlab oʻtib, darhol Iordaniya oʻrta maktabiga borishlari mumkin.

Hetoumyan Azkayeen Varjaran deb nomlangan birinchi arman maktabi 1930-yilda Ammandagi Jabal Al-Nafifda tashkil etilgan. Yana bir kichik maktabga Ar-Rusayfda Samuel Ara Serpekyan asos solgan.

Hozirda Ammanda ikkita arman boshlangʻich maktabi faoliyat olib bormoqda.

Gulbenkyan, Yuzbeshyan va Varjaran boshchiligidagi Arman xayrixoh ittifoqi (AGBU) 1962-yilda Amman viloyatidagi Jabal Al-Ashrafiya maktabiga asos solgan. Maktabda Iordaniya Taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan umumiy maktab oʻquv dasturidan tashqari arman adabiyoti, tarixi va dini arman tilida oʻqitiladi.

Sent-Mesrop arman katolik maktabi — shuningdek, Amman viloyatidagi Jabal Al-Ashrafiyada joylashgan.

Tashkilotlar

tahrir

Aksariyat arman tashkilotlari Ammanda joylashgan. Bu tashkilotlar turli madaniy, sport, raqs va xayriya tadbirlari, ayollar va yoshlar uyushmalari, milliy bayramlarni tashkil etish orqali arman jamiyatining barcha aʼzolarini birlashtirishga harkat qiladilar.

Ammanda joylashgan tashkilotlar

Omenetmen — arman sport va skaut tashkiloti. Iordaniya Yoshlar Oliy Kengashi maʼlumotlariga koʻra, 1945-yilda Iordaniyada tashkil etilgan. Klubning hozirgi qarorgohi Al Ashrafiyada joylashgan va 1967-yilda qurilgan.

Armanlarga yordam berish ittifoqi (ARS) arman jamoalarining ijtimoiy va taʼlim ehtiyojlari uchun yaratilgan va qiyin ahvolda boʻlgan jamoalarga gumanitar yordam koʻrsatadigan mustaqil, nodavlat tashkilotdir. Iordaniya xayriya tashkilotlari umumiy federatsiyasiga muvofiq 1965-yilda Iordaniyada tashkil etilgan. Tashkilot 1947-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bosh qarorgohi Al Ashrafiya shahrida joylashgan.

Watany Sporting Club (WSC) (armancha: Ազգային Մարզական Միութիւն), 1955-yilda tashkil etilgan, klubning hozirgi qarorgohi 1974-yilda qurilgan Al Ashrafiyada joylashgan. Klubda 1994-yilda qurilgan yozgi dam olish maskani ham joylashgan edi.

Ammandagi arman raqs guruhlari
  • „Araz“ arman raqs guruhi boʻlib, Armanistonga yordam berish ittifoqi tomonidan boshqariladi.
  • Spitak — arman folklor raqs guruhi (armancha: Սպիտակ Պարախումբ), Watany Sporting Club (WSC) tomonidan boshqariladi.
Armaniston sport boʻlimlari

Iordaniya armanlari Iordaniya Milliy ligasining koʻplab sport musobaqalarida ishtirok etib, 2 ta „Omenetmen“ va „Vatany Sporting Club“ klublarini namoyish etishmoqda.

Watany Sporting Club (WSC) hozirda Iordaniya ligasi turnirlarida faol ishtirok etayotgan milliy terma jamoaga ega, soʻnggi oʻn yil ichida jamoa Qirol Abdullaning tugʻilgan kuni va Iordaniya Mustaqilligi kuni munosabati bilan koʻplab turnirlarda ishtirok etgan.

Eng mashhur va eng yorqinlari Omenetmen va Watany Sporting Club (WSC) klublarining basketbol jamoalari boʻlib, ular Iordaniyaning rasmiy basketbol ligasida, birinchi va ikkinchi divizionlarda, 1950-yillardan 1990-yillarga qadar oʻynashgan.

Arman millatiga mansub baʼzi iordaniyalik futbolchilar Iordaniya terma jamoasi safida oʻynagan va basketbol boʻyicha Iordaniya terma jamoasi tarkibida oʻynashgan. Bundan tashqari, Watany Sporting Club (WSC) 1963-yilda Iordaniya Basketbol Ligasi turnirida gʻolib chiqdi.

Shuningdek

tahrir
  • Quddusning arman kvartallari
  • Arman diasporasi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Jordan: Religions & Peoples“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  2. „Ethnologue 14 report for language code:ARM“. 2009-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  3. „Jordan :: Religion - Britannica Online Encyclopedia“. 2014-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.