Iosif Xuajev
Iosif Valerievich Xuajev (1973-yil 27-iyun) – sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi .
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1973-yil 27-iyun | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | hujumchi, yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992-1994 | UZB Chirchiq | (68 (10)) | |
1995 | RUS Spartak-Alaniya | (0) | |
1995 | Alaniya | (3 (0)) | |
1996 | UZB Toshkent | (13 (2)) | |
1997 | Mozdok | (39 (21)) | |
1998 | RUS Avtodor | (36 (6)) | |
1999 | {{ RUS Spartak (Nalchik) | (16 (1)) | |
2000 | Qozogʻiston Yelimay | (6 (0)) | |
2001 | UZB Kimyogar (Chirchiq) | (10 (2)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiyasi
tahrirOʻzbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar oʻyinlarida 1990-yilda SSSR ikkinchi quyi ligasida „Chirchiq“ tarkibida oʻynay boshlagan. 1992-yildan buyon oʻz jamoasi bilan mustaqil Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida oʻynagan.
1995-yilda Vladikavkazning „Spartak-Alaniya“ klubiga oʻtadi, ammo zaxira jamoasida atigi uchta oʻyin oʻtkazadi. Shuningdek, Rossiyaning „Mozdok“, „Avtodor“ (Vladikavkaz), „Spartak“ (Nalchik) va havaskorlar jamoalarida toʻp surgan.
Xuajev Oʻzbekistonga qaytib, bir necha bor oliy ligada „Traktor“ (Toshkent) va „Kimyogar“ (Chirchiq) jamoalarida toʻp surgan. Oʻzbekiston chempionatida jami 91 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol urgan. 2000-yilda „Yelimay“ tarkibida Qozogʻiston oliy ligasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirFutbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Pyatigorskga koʻchib oʻtgan. Oilali.
Otasi Valeriy Xuajev (1940-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan. SSSR birinchi va ikkinchi ligalarida „Kimyogar“ (Chirchiq) va „Spartak“ (Samarqand) jamoalarida oʻynagan.