Iqtisodiy model
Iqtisodiy model – iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi nazariy konstruksiya, iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi[1]. Iqtisodiy modellar tizimdagi asosiy omillar bilan ishlash imkonini yaratadi[2]. Iqtisodiy modellar reallikning abstrakt tasviri hisoblanadi va shu sababli, amaliyotda qoʻllash vaqti maʼlum toʻsiqlarga duch keladi. Lekin, iqtisodiy modellar real empirik maʼlumotlar asosida ham yaratilishi mumkin: Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, Fillips egri chizig'i[3].
Firma yoki davlat iqtisodiy faoliyatini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy jihatlarini funksiya, tenglama yoki tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Alimov, Almuradov & Xomidov 2019, s. 115.
- ↑ „What Are Economic Models?“.
- ↑ Cobb, C. W.; Douglas, P. H. (1928). "A Theory of Production". American Economic Review 18 (Supplement): 139–165. https://assets.aeaweb.org/assets/production/journals/aer/top20/18.1.139-165.pdf.
Adabiyotlar
tahrirAlimov, R.X; Almuradov, A.A; Xomidov, S.O. Ekonometrik modellashtirish. IQTISODIYOT, 2019 — 122-bet.