Iris (konfet)
Iris yoki tofi – quyultirilgan sutni shakar, patoka (melas) va yogʻ (sariyogʻ yoki oʻsimlik yogʻi yo margarin) bilan qaynatishdan olingan quyultirilgan massa. Porsiyalangan holda konfet sifatida sotiladi[1].
Sobiq SSSRning klassik shakldagi irisi | |
Turi | konfet |
---|---|
Kelib chiqishi | Rossiya |
Asosiy komponentlari | shakar, patoka, sariyog |
Oʻxshashlari | ingliz fudgesi |
Etimologiyasi
tahrir„Iris“ nomini XX asrning boshlarida Sankt-Peterburgda ishlagan fransuz qandolatchisi Mornais bergan. Sutli shirinliklar partiyasining bunday nomlanishiga ularning tuzilishi iris barglari bilan oʻxshashligi sabab boʻlgan deb ishoniladi[2]. Rossiyada „taffi“ oʻlaroq ham tanilgan[3][4][5].
Irisning turlari
tahrirTayyorlashda koʻpincha xushboʻylashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddalar: un, soya oqsili, kunjut urugʻi, maydalangan yeryongʻoq va boshqalar qoʻshiladi. Iris tayyor qoʻshimcha bilan toʻldirilib, glazurlanadi.
Tuzilishi va asosiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi[6]:
- Quyma yarim qattiq („Zolotoy klyuchik“).
- Dumaloq.
- Yarim qattiq.
- Yumshoq.
- Yopishqoq („Kis-kis“, „Tuzik“).
Shokoladli yoki vanilli iris ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda fudge deb ataladi. Irisga asoslangan yumshoq sutli shirinlik – „Korovka“ – Polshada yaratilgan. Shoʻr suv taʼmli irislar AQShda esa juda mashhur.
Shakar va sutning yumshoq aralashmasi „varyonka“, yaʼni qaynatilgan quyultirilgan sut deb nomlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Товарный словарь 1958.
- ↑ О пользе молочного продукта[sayt ishlamaydi]. // Курское молоко
- ↑ „Энциклопедический словарь истории советской повседневной жизни / Леонид Беловинский. - М.: Новое литературное обозрение, 2015“. 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ „Устами Буниных / И.А. Бунин. Т.2. - М.: "Книга по Требованию"“. 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
- ↑ "Тянучки" на топленом молоке (рецепт)
- ↑ ГОСТ 6478-89. Ирис. Общие технические условия.
Adabiyotlar
tahrir- Конфеты ирис // Товарный словарь / Гл. ред. И. А. Пугачев. — М. : Госторгиздат, 1958. — Т. 4. — Стб. 152—155.