Irmoq
Irmoq — katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, Irmoq oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan Irmoq deyiladi. Geografik adabiyotlarida 1-, 2-, 3- va hokazo tartibli irmoklar farq kilinadi. Mas, biror daryoga bevosita qoʻshiladigan soylar 1- tartibli Irmoqlar, bu soylarga quyiladiganlari 2-tartibli Irmoq lar deyiladi va hokazo. Ayrim turkiy tillarda, jumladan, usmonli turklar tilida Irmoq deganda umuman daryo tushuniladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |