Irtish-qaragʻanda kanali - Qozogʻiston Respublikasidagi yirik kanal. I. -Q. k. Irtish daryosidan (Pavlodar viloyati Yermek sh. dan 5 km uzoqlikda) boshlanib, Markaziy Qozogʻiston hududini shim.sharqdan janu-bi-gʻarbga kesib oʻtadi va Jezqazgʻan shahri yaqinida tugaydi. Kanal qurilishi 1974-yilda tugallangan, uning 1navbati (uz. 458 km) 1962-1967-yillarda qurilgan. Suv 22 bosqichda nasoslar orqali 420 m gacha balandlikka koʻtarib beriladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 72 m³/sek. Kanalning eni 40 m, chuq. 7— 10 m. Kanalda 11 gidrouzel, 22 nasos st-yasi, 2 suv ombori, 14 toʻgʻon va b. qurilgan. Kanalning 2navbati uz. 520 km (Jezqazgʻan sh. gacha). Karagʻanda, Jezqazgʻan, Ostona va qisman Pavlodar viloyatlarining sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarini, Ekibastuz, Karagʻanda, Temirtau shaharlarini suv bilan taʼminlaydi. 50 ming ga dan koʻproq yer sugoriladi, choʻl yaylovlarga suv chikarilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil