Isak Ikromov
Isak Ikromov (1906-yilda tugʻilgan — 1938-yil 5-oktyabrda vafot etgan) — 1930-yildan Andijon okrug komsomol komiteti Shahrixon komsomoli sekretari. Maʼlum davrlar oraligʻida Andijon va Toshkent komsomol komitetining sekretari, Xorazm okrugi tashkiliy byurosi aʼzosi, O‘zbekiston LKSM Markaziy Komitet tashkiliy boʻlim mudiri va sekretar oʻrinbosari[1].
Isak Ikromov | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil |
Vafoti |
5-oktyabr 1938-yil Namangan viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | siyosatchi |
Faoliyat yillari | 1913—1937-yillar |
Hayoti
tahrirIsak Ikromov 1906-yilda Namangan shahri (Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR)da ishchi oilasida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Oʻzbekiston SSRdagi siyosiy faol shaxslardan biri. Bir qancha hukumat lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1938-yilning 5-oktyabr sanasida otib tashlangan[2]. Uning shaxsiy varaqasida oʻzbek va rus tillarini yaxshi bilgani, soʻqqaboshligi, yashash joyi — Toshkent shahri, Uchitelskaya koʻchasi, 3- uy, 1- kvartira, deb koʻrsatilgan[3].
Faoliyati
tahrirIsak Ikromov Fargʻona viloyati Qo‘qon shahridagi quloq xoʻjaliklaridan birida batrak sifatida faoliyatini boshlagan. 1922-yili depoda shogird, 1923-yili Namangan shahriga kelib yogʻ zavodida qora ishchi boʻlib ishlaydi, soʻngra 1924-yil 30-son paxta zavodida shogird boʻlib, keyin esa aynan shu zavodda yogʻ quyuvchi boʻlib ish yuritgan. Uning zavoddagi faoliyati 1930-yilgacha davom etgan[1].
1930-yilda Andijon okrug komsomol komiteti tomonidan sobiq Stalin (hozirgi Shahrixon) rayoniga komsomol sekretari sifatida ishga qabul qilinadi. Okruglar tugatilgach, Andijon shahar komsomol komitetining sekretari lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Markaziy Komitet qaroriga asosan Xorazm okrugi tashkiliy byurosiga aʼzosi sifatida mehnat faoliyatini davom ettiradi. Oʻtkazilgan komsomol konfresiyasida Xorazm okrug komsomol komitetining sekretari etib saylangan. 1933-yilda Oʻzbekiston LKSM Markaziy Komiteti qarori ortidan Markaziy Komitet tashkiliy boʻlim mudiri, keyinchalik esa sekretar oʻrinbosariboʻlib ishlagan. 1934-yilning noyabr oyida LKSM Markaziy Komiteti byurosi qarori bilan Toshkent shahri komsomol komitetining sekretari qilib tayinlangan. 1937-yilning iyulida esa Toshkent shahri Stalin rayoni komsomol komitetining sekretari lavozimida mehnat qilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
- ↑ 7-fond, 1-ro'yxat, 10-ish. Rossiya Federatsiyasi FXXMA — 532-varaq-bet.
- ↑ O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat 295-ish — 86–89-varaqlar-bet.