Isfahon
Isfahon (forscha: اصفهان) – Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi boʻyidagi xushmanzara joyda. Isfahon ustonining maʼmuriy markazi. Yiliga 128 mm yogʻin yogadi. Aholisi 1 583 609 ming kishi (2006). Eronda Tehron va Mashhaddan keyin uchinchi eng gavjum shahar boʻlgan (qadimgi nomi Sepahon yoki Espahon) Isfahon viloyati mamlakatning poytaxti boʻlib, Tehrondan 435 kilometr uzoqlikda, shaharning janubida joylashgan. Isfahon shahri XVI asrda ikkinchi marta Eron poytaxti boʻlganda gullab-yashnagan. Bugungi kunda bu shahar oʻzining oʻtmishdagi shon-shuhratini saqlab qolgan. Ushbu yodgorliklarning baʼzilari YUNESCOda tarixiy meros[1] sifatida roʻyhatga olingan.
Isfahon / اصفهان | |
---|---|
shahar | |
32°38′00″N 51°29′00″E / 32.63333°N 51.48333°E | |
Mamlakat | Eron |
Uston | Isfahon ustoni |
Hukumat | |
• Shahrdor | Rasul Zargar |
Maydon | 493 km2 (190 kv mi) |
Markazi balandligi | 1574 m |
Iqlim turi | subtropik-ichkikontinental |
Rasmiy til(lar)i | forscha |
Aholisi (2011) |
↗ 1 756 126 |
Zichligi | 6 000 kishi/km2 |
Milliy tarkib | asosan forslar |
Konfessiyaviy tarkib | asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 311 |
|
I. qadimiy qoʻlyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (III-VII asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi boʻlgan. VII asrda shaharni arablar egallagan. VIII-XIII asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1237-yilda Isfahonni moʻgʻul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-yilda uni Amir Temur egallagan. Shahar XVI-asr oxiri – XVII asr boshlarida, Safaviylar davlatining poytaxti boʻlgan davrda ayniqsa ravnaq topgan. Isfahon XVII-asr oʻrtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-yilda uni afgʻonlar bosib olib, talon-toroj qildilar. XVII asr oxirida poytaxt Isfahondan Tehronga koʻchirilgach, shahar avvalgi mavqeini yoʻqotdi. Isfahon juda chiroyli meʼmorchiligi, koʻpriklari, saroylar, masjidlar va noyob minoralari bilan mashhur. Bu esa Isfahonning Eron madaniyatida „dunyoning yarmi“ nomini olishga sabab boʻlgan.
Isfahon— mamlakatda Tehrondan keyin 2-oʻrindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yogʻochsozlik, oziq-ovqat (yogʻ, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna zavodi bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya zavodi qurilgan. Isfahon gilam toʻqish va oʻrta asr miniatyurachiligining qadimiy markazi.
Isfahonda Eron meʼmorchiligining buyuk yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Jome masjidi (9—20-asrlar), Chihil Doʻxtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-asr oxiri), Jaʼfar maqbarasi (14-asr), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612—30), Shayx Lutfulloh masjidi (1603—18), Oliqopu saroyi (15-asr), Chihil sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706—14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha koʻprik-binolar, universitet bor.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishdaurl=
parametrini belgilashingiz kerak. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. . ۲ اردیبهشت ۱۳۹۴ - ۱۰:۴۰da asl nusxadan [ arxivlangan]. - ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |