Isfana (Aspanakent) tarixi
„Isfana (Aspanakent) tarixi“ — tarix hamda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi Temirboy Yoqubov qalamiga mansub kitob. 2001-yil Isfana shahrida chop etilgan kitob. Asarda Qirgʻizistonda joylashga mazkur shahar tarixi koʻrib chiqilgan. „Isfana (Aspanekent) tarixi“ ushbu mavzuda chop etilgan ilk kitobdir.
Muallif(lar) | Temirboy Yoqubov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | tarix |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2001 |
Sahifalar soni | 80 |
Kitob materiallarini toʻplashda Yoqubovga Qosimjon Qosimov koʻmaklashgan. Qosimov yana kitob qoʻlyozmasini tekshirib chiqqan. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Nurullo Nishonov – texnik muharrir, Zafarjon Shafiyev – harf teruvchi, Jaloliddin Qosimov – homiy.
Kitob Laylak tumani administratsiyasining oʻsha paytdagi birinchi muovoni Isʼhoq Pozilovning 2000-yilning 1-avgustida imzolagan 280-sonli ruxsatnomasi asosida chop etilgan. Kitob adadi – 500 nusxa.
„Isfana (Aspanekent) tarixi“ uch yirik qismga boʻlingan. Birinchi boʻlimda Isfananing qadimgi tarixi haqida soʻz yuritiladi. Ikkinchi boʻlim Isfananing 20-asrdagi tarixi mavzusiga bagʻishlangan. Uchinchi boʻlimda esa Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan isfanaliklar haqida yozilgan. Kitob yakunida Isfana xalqi orasida keng tarqalgan afsona va rivoyatlar keltirilgan.