Qadimgi Yodgorliklar

tahrir

Milodiy 7 asrgacha

tahrir
„Avesto“ — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, „Xuastuanift“ („Moniylik tavbanomasi“) uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.

8-13 asrlar

tahrir
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan. Shayx Arslonbobdan taʼlim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq G`ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, „buyuk turk piri olamdan etakni silkkan“ (Alisher Navoiy).
„Oʻgʻuznoma“ dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, „Dada qoʻrqut kitobi“ va „Oʻgʻuznoma“dir.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. „Devonu lugʻotit-turk“ asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. „Devon“da tilga olingan „Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki“ („Turkiy tillarning nahv qoidalari“) asari bizgacha etib kelmagan.
Ilk turk dostonnavisi Bolasog`unda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan „Qutadg`u bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u O`R FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.
Yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti Oʻgʻuz qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „Kisasul-Rabgʻuziy“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan..

Oʻzbek Mumtoz Adabiyoti

tahrir

(XIV Asr-XIX Asrning Birinchi Yarmi)

Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar)

tahrir

Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar)

Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.
Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.

16 asr-19 asrning birinchi yarmi

tahrir
Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.
Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli shoir, Shayboniy saroyida „amirul-umaro“, „malikush-shuaro“ unvonlarini olgan.
Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.
Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi.
Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.
Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi.
Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash`or“ kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.
Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“ asarlarida fikrlar bor.
Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.
Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qoʻqonda tugʻilgan, Qoʻqon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Margʻilon hokimi (1807—1810), Qoʻqon xoni (1810-22) boʻlgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. „Devon“ tartib bergan, „Umarnoma“ dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham eʼlon qilingan, uning torshirigʻi bilan „Muhabbatnoma“ majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning „Majmuai shoiron“, Vozehning „Tuhfatul-ahbob“, Avazmuhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ asarlarida maʼlumot bor.
Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.

Yangi Oʻzbek Adabiyoti

tahrir

(XIX Asrning Ikkinchi Yarmi — XX Asr)

Milliy uygʻonish davri (19 asrning ikkinchi yarmi 20 asrning boshi)

tahrir
Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.
Muhyi Qoʻqon adabiy muhitiga mansub shoir boʻlib, ikki tilda ijod qilgan. Sheʼrlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.
Saryomiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asr boshlari oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.
  • Feruz (Muhammad Rahimxon II)
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va sanʼat rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, sanʼatkor ham talabchan muxlis boʻlgan.
Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi. Zavqiyning „Kelmasa kelmasun netay?“ radifli gʻazali oʻzbek mumtoz adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.
Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan maʼrifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk oʻzbek matbaachilaridan.
Tabibiy Xorazm adabiy muhitiga mansub shoir. Tabibiy ijodida tazkiranavislik anʼanalari oʻz rivojini topdi.
Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira.

Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar)

tahrir
Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan.
Karimbek Sharifbek oʻgʻli Kamiy — Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.
Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.
Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) Oʻzgan shahrida tugʻilgan. Yozgan kitoblari: „Oʻshning tavsifi“, 1914 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori kanselyariyasi qoshidagi nashriyoti, "Ismlar imlosi", 1915 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori devoni qoshidagi nashriyoti.
Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi.
Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tugʻildi.
Toʻlagan Xoʻjamyorov Tavallo 1883 yili Koʻkcha dahasida dunyoga keldi. „Beklarbegi“ madrasasida, rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsatadi.
Hoji Muin milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon.
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tugʻildi. 1903 yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi.
Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.
Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
Saidahmad Vasliy Samarqandiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan.
Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.

Sovet davri adabiyoti (20 asrning 30-80 yillari)

tahrir
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. „Bolalik xotiralarim“ (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, „Istiqbol“ maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.
Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.
Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub boʻlib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgan 1921—1925 yillarda Boku dorulmualliminida oʻqigan. Keyin Dogʻistonning Darband, Boʻynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida shoʻrolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sigʻinish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.
Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. „Koʻklam“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.
Oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida qishlogʻidan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil koʻrdi. 1925 yilda oʻzbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga oʻqishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida oʻtadi. Shoir ozod etilgach, turli oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir boʻlib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.
Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan oʻspirin „Narimonov“ nomli maktabda oʻqidi, taʼlim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda oʻqituvchi boʻldi (1930). 1930 yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga oʻqishga kirdi. „Batrak“ gazetasida mas`ul kotib boʻldi (1931). 1932 yilda oʻzining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi oʻqishni (1934—1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qoʻshib olib bordi: „Kambagʻal dehqon“ gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning qizgʻin ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor oʻrinbosari (1937—1942), Oʻzbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qoʻmitasi raisi muovini (1942—1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943—1945), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948)
20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tugʻildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya fakultetida oʻqidi.
Oʻzbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta maktabdan soʻng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik Oʻzdavnashrda boʻlim boshligʻi, 1950 yildan 1980 yilga qadar „Saodat“ jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.
Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat) 1917 yil Nov qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta maʼlumotni oʻz qishlogʻida, oliy maʼlumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida oldi (1936—1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komanderi, moto-oʻqchi batalon komandiri oʻrinbosari (1942—1944), oʻzbek tilida chop etilfdigan harbiy gazeta muhbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan.
Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi FAning aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng 1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1943—1945 yillarda Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan.
Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining „Samarqand darvoza“ mahallasida tugʻilgan.
Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi — Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli emchi boʻlgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan.
Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951—1956 yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas`ul vazifalarda ishlagan.
Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951 yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.
Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961 yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.
Shoir Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) Oʻsh shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927 yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissyor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780 yillar) qarindoshi boʻlgan.

Mustaqillik davri adabiyoti (20 asrning 90-yillaridan)

tahrir
Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, „Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989), „Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993), „Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“ (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq.
Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" .
„Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni.
Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“ asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan.
Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“ (Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri sahnasida qoʻyilgan.
Chop etilgan kitoblari:
„Qadrdon quyosh“ — Sheʼrlar toʻplami,1979 "Shahardagi olma daraxti — "Sheʼrlar toʻplami,1979 „Tungi bogʻlar“ — Sheʼrlar toʻplami,1981 „Uchib boraman qushlar bilan“ — Sheʼrlar toʻplami,1983 „Toʻmarisning koʻzlari“ — Sheʼrlar toʻplami,1984 „Bolalikning ovozi“ — Sheʼrlar toʻplami,1986 „Qaqnus“ — Sheʼrlar toʻplami,1987 „Polet odinokoy ptitsi“ — Sbornik stixov,1989 „Samarqand xayoli“ — Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar,1991 „Sohibqiron nabirasi“ — Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 „Shahidlar shohi“ (Shayx Kubro tushlari" — Tarixiy-maʼrifiy qissa,1998 „Bahordan bir kun oldin“ — Sheʼrlar toʻplami,1997 „Bibixonim qissasi“ — Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 „Shayx Kubro tushlari“ — Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr,2008
Shuningdek,Xurshid Davronning oʻndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham nashr etilgan.
XX asr o‘zbek sheʼriyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentabrda Oʻsh shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga o‘kishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi.
Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, o‘z sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi, vafotidan so‘ng „Saylanma“ si (1997) nashr qilindi.
Asarlari: „Rangin lahzalar“ (1978), „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1984), „Gullayotgan tosh“ (1985), „Uyg‘oq tog‘lar“ (1986), „Xulvo“ (1987) kabi sheʼriy kitoblari, Federiko Garsia Lorka sheʼrlari tarjimalari va boshq.
1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri.
Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.
Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi.
Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974)
Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962).
Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil „Fargʻona haqiqati“(sobiq „Kommuna“) gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
Taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali „Yoshlik“ning asoschisi (1982).
Shoir Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962—1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.
Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi.
Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.
Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.
1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.
Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan.
Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjmon (1976—1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984) boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. U 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlogʻida tugʻilgan. 1973 yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir boʻlib ishlagan. 1983 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.
1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi derutati.
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi. 1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.
Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan. Oʻrta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968—1973). Filologiya fanlari nomzodi „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1973—1984), „Yosh kuch“ jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1986—1995) boʻlib ishlagan.
1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980—1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida (1986—1993) ishladi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956 yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „Guliston“ (1974—1980), „Yoshlik“ (1982—1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) faoliyat koʻrsatdi.