Isfara (tojikcha: Исфара, forscha: اسفره) — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi shahar (1952-yildan). Isfara tumanining maʼmuriy markazi. Isfara daryosi boʻyida, Turkiston tizmasi yon bagʻrida. KonibodomShoʻrob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45 ming kishidan ziyod (2013-yil oʻrtalari).

Isfara
tojikcha: Исфара
shahar
40°7′0″N 70°38′0″E / 40.11667°N 70.63333°E / 40.11667; 70.63333
Mamlakat Tojikiston
viloyat Sugʻd viloyati
{{{tuman_turi}}} Isfara tumani
Ilk eslatilishi IX-X
Avvalgi nomlari Isfarang
Qachondan beri shahar 1952
Markazi balandligi 1000 m
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
45 000[1].
Milliy tarkib tojiklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3462
Pochta indeks(lar)i 735920
Avtomobil kodi 02РТ
Isfara tojikcha: Исфара xaritada
Isfara tojikcha: Исфара
Isfara
tojikcha: Исфара

Sanoati

tahrir

Shaharda gidrometallurgiya, yorugʻlik texnikasi jihozlari, mineral boʻyoqlar zavodlari, meva, goʻsht konservasi, qurilish materiallari kombinatlari, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Tarixiy obidalari

tahrir

Isfara 16-asrdan maʼlum. Isfara yaqinida Abdullaxon masjid namozgohi (16-asr), Qalʼai-Bolo oʻrta asr qalʼasining qoldiqlari, Chorsu qishlogʻida Hazrati Bobo maqbarasi (10—12-asrlar) saqlangan. 10-asr manbalarida faqat Isfara viloyati haqida maʼlumotlar uchraydi. 9—10-asrlarda Istaxrip shu viloyatdagi konlardan koʻmir qazib olinganligi va taxminan 180 kg koʻmir bir dirhamligini yozgan. Bobur davrida esa (16-asr) Isfara Fargʻona vodiysidagi 8 ta yirik shaharning biri sifatida qayd etilgan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir