Ishkoshim tumani yoki Nohiyayi Ishkoshim (tojikcha: Ноҳияи Ишкошим) – Tojikistonning sharqida, Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatining janubi-gʻarbidagi tuman. Janubda va gʻarbda Panj daryosi orqali Afgʻoniston bilan chegaradosh[3]. Aholisi 32 900 kishi (2020-yil 1-yanvar)[2].

Ishkoshim tumani
tojikcha: ноҳияи Ишкошим
Tuman
Tegishli Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati
Tarkibida 1 shaharcha va 7 jamoat
Maʼmuriy markazi Ishkashim
Asos solingan sanasi 1932-yil 27-oktyabr
Rasmiy tili
Tojik tili
Aholi (2022) 32 900[2]
Maydoni 3 656 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha MU
Telefon kodi +992 3553
Pochta indeksi 736500
Rasmiy sayti ishkoshim.tj
Xaritada
Ishkoshim tumani xaritada
36°45′00″N 71°40′00″E / 36.75000°N 71.66667°E / 36.75000; 71.66667

Tuman taxminan V shaklida boʻlib, Panj daryosining shimoli-sharqida joylashgan. Daryo Ishkoshimdan yoʻnalishini gʻarbdan shimolga oʻzgartiradi. Janub va gʻarbda Panj hamda quyi Pomir daryolari orqali Afgʻoniston, shimolda Roshtqalʼa tumani bilan chegaradosh. Shimolda Shugʻnon tumani, sharqda Murgʻob tumani bilan qisqa chegaraga ega. Shoxdara tizmasi Roshtqalʼa tumani bilan shimoliy chegara boʻylab, shimol-janub Ishkoshim tizmasi tumanning sharqiy chegarasi boʻylab joylashgan[3].

Tuman markazi – Ishkashim shahri Panj boʻyida, Afgʻonistondagi Ishkashim tumani qarama-qarshisida joylashgan. Koʻhi Laʼlda qadimiy balas yoqut (texnik laʼl) koni bor. Ishkoshim tumani Togʻli Badaxshonda oʻzining arxeologik yodgorliklari va ajoyib manzaralari bilan diqqatga sazovor joydir[4].

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir

Tuman maydoni 3,700 km2 (1,000 kv mi) boʻlib, yettita jamoatga boʻlinadi[5]. Ular quyidagilar[6]:

Jamoat nomi Aholisi (2015-yil yanvar)[6]
Ishkashim (Rustambek Yusufbekov) 7,673
Ptup
Qozideh 1,880
Shitxarv 2,223
Vrang 6,541
Askar Zamirov 2,770
Zong 6,355

Manbalar

tahrir
  1. „КОНСТИТУЦИЯ РЕСПУБЛИКИ ТАДЖИКИСТАН“. prokuratura.tj. Parliament of Tajikistan. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Population of the Republic of Tajikistan as of 1 January 2020“ (ru). Statistics office of Tajikistan. 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Republic of Tajikistan, map showing administrative division as of January 1, 2004, „Tojikkoinot“ Cartographic Press, Dushanbe
  4. Robert Middleton and Huw Thomas, Tajikistan and the High Pamirs, 2008
  5. „Regions of the Republic of Tajikistan 2017“ (ru) 15–21. Statistics office of Tajikistan. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 Jamoat-level basic indicators, United Nations Development Programme in Tajikistan, accessed 3 October 2020