Iskandar Pala
Iskandar Pala (t. 8-iyun 1958-yil, Ushaq) turk professori, yozuvchi va devon adabiyoti tadqiqotchisi, Turkiya jumhuriyati prezidenti huzuridagi Madaniyat va sanʼat siyosati qoʻmitasi raisi.
Hayoti
tahrirIskandar Pala boshlangʻich taʼlimni Ushaq jumhuriyat boshlangʻich maktabida tamomladi. Keyin Kutahya litseyi va Kutahya Imom-xatib litseyini bitirdi. Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti boʻlimiga oʻqishga qabul qilindi. U bakalavr bitiruv malakaviy ishini „Jamiun-Nezair“ mavzusida yozdi. Doktorlik ilmiy darajasini olish uchun ayni universitetda „Ishqi, hayoti, adabiy kishiligi va devoni“ mavzusida ilmiy ish yoqladi. U 1983-yilda Devon adabiyoti yoʻnalishida doktor, 1993-yilda Istanbul universitetida dotsent, 1998-yilda Madaniyatida universitetida professor darajasini oldi. Devon adabiyoti sohasidagi tadqiqotlari bilan nazarga tushgan yozuvchining ensiklopediya va jurnallarda adabiyot taqdiqotchisi sifatida ilmiy va adabiy maqolalari chop etib kelinmoqda. Uning oʻrta maktab va litseylar uchun yozgan darsliklari ham mavjud. Shuning bilan birga, u Usmoniylar imperiyasi dengiz tarixi bilan bogʻliq tadqiqot ishlari olib bormoqda va ularning bir qismini kitob shaklida nashrdan chiqartirgan[1].
Yozuvchi taʼlim hayotini Peyami Safo asarlarini oʻqish bilan boshlaganini taʼkidlaydi. Shu jumladan, uning ilk oʻqigan kitoblari „9-Hariciye koğuşu“ va „Yalnızız“ ekanligini aytadi. Keyinchalik Umar Sayfiddin, Refiq Xalid, Reshat Ekrem asarlarini oʻqigan. Usmoniylar tarixi va adabiyoti bilan esa Erzurum va Istanbul universitetlarida oʻqigan yillarida tanishgan.
U bir qator teledasturlar tayyorlab, taqdim etgan. Ular: Divanche (TRT2), Shairane (TRT, Hilmi Yavuz bilan hamkorlikda), Incir chekirdegi (Xaluk Dursurn bilan hamkorlikda), Uch nokta (Haber Turk TV, Nihal Bengisu Karaja va Koral Chalishkan bilan hamkorlikda), Oʻnje soʻz vardi (NTV Ahmet Umit va Mario Levi bilan hamkorlikda), Ayine-i Devran (Diyanet TV), Berjeste (TRT2). Uning 1998-2015 yillar mobaynida „Zaman“ gazetasida haftalik „Madaniyat-sanʼat“ maqolalari chop etilgan.
Muntazam ravishda Altunizade va Tarik Zafer Tunaya madaniyat markazlarida „Devon sheʼriyati soati“ nomli tadbir va kitobxonlik kunlari tashkil qilib kelmoqda. U Ushaq universitetida professor-oʻqituvchi boʻlib ishlagan, 2016-yilning yanvaridan 2018-yil iyuligacha Turkiya jumhuriyati bosh vazirining Madaniyat va sanʼat sohalari boʻyicha bosh maslahatchisi boʻlib faoliyat olib borgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirIskender Pala oilali. Uning Alperen Ahmet ismli oʻgʻli, Hilye Banu va Elif Dilasa ismli ikki qizi bor.
Mehnat faoliyati
tahrir- 1979-1982 yillarda Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti Turkologiya seminari kutubxonasi xodimi;
- 1982-1984 yillarda Harbiy- dengiz kuchlari oliy qoʻmondonligi litseyida leytenanti;
- 1984-1986 yillarda katta leytenant;
- 1986-1987 yillarda Bogʻozichi universitetida turk tili va adabiyoti boʻyicha oʻqituvchi (yarim stavkali);
- 1987-1994 yillarda Turkiya dengiz flotining dengiz arxivini tashkil etish va uning faoliyati, kapitan;
- 1994-1996 yillarda Tarixiy dengiz arxivi tadqiqotlari va Turk dengiz flotida nashriyot faoliyatini boshqaruvchi;
- 1996-1997 oʻquv yilida, MDU Fan va adabiyot fakulteti, qadimiy turk adabiyoti oʻqituvchisi va ISAM tahririyat kengashi aʼzosi;
- 1997-oʻquv yili Istanbul Madaniyat universiteti 2004-yilda IMM Madaniyat boʻlimi boshligʻi; 2004-2010 yillarda IMM Madaniyat boʻlimi maslahatchisi; 2006-2012 yillarda Shahar teatrlari repertuar kengashi aʼzosi; 2008-2010yillarda Istanbul-Yevropa madaniyat poytaxti kengashi aʼzosi; 2009-2012 yillarda Ushak universitetida professor-oʻqituvchi; 2013-2017yillarda Davlat teatri adabiy kengashi aʼzosi; 2013-2017 yillarda Otaturk Madaniyat, til va tarix oliy maktabi boshqaruv kengashi aʼzosi.
Mukofotlari
tahrir- Turkiya Yozuvchilar uyushmasi til mukofoti, 1989-yil (Ensiklopedik devon sheʼriyati lugʻati);
- AKDTYK Turk tili jamiyati mukofoti, 1990-yil (Ensiklopedik devon sheʼriyati lugʻati);
- Turkiya Yozuvchilar uyushmasi taqriz mukofoti, 1996-yil (Shoirlar tilidan);
- Ziyolilar markazi Kayseri filiali, Yilning eng yaxshi adabiyotshunosi mukofoti, 2001-yil;
- YTB Ushak Xalq Qahramoni mukofoti, 2001-yil;
- Turk patent va savdo markasi markazi mukofoti;
- Prezidentning Madaniyat va sanʼat bosh mukofoti 2013-yil[2];
- ODTU Yosh tadbirkorlar jamiyati tomonidan „Yilning madaniyat va sanʼat sektori tadbirkori“ mukofoti, 2016-yil[3].
Asarlari
tahrir
|
- Aşka Dair (2012)
- Istanbulcunun Sandiği (2014)
- Bulbulun Kırk Şarkısı (2015)
- Mesela (2016)
- Karun ve Anarşist (2017)
- AbumRabum (2017)
- Itiraf (2018)
- Akşam Yildizi (Bir Goʻbeklitepe Romani) (2019)
- Kervan (2020)
- Kalp (2019)
- A-71 (2022)
Tanqidlar
tahrirAzad Agʻaoʻgʻlu tomonidan Bokuda chop etiladigan Turk dunyosi madaniyati jurnali Yomda Iskandar Palaning devon adabiyotidagi mahoratini tanqid qiluvchi „Mumtoz turk sheʼriyati qayerga ketmoqda?“ nomli maqola chop etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Yazar Biyografi“. Zaman. 27 ağustos 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 haziran 2009.
- ↑ „İskender Pala'ya Cumhurbaşkanlığı'ndan ödül“ (Türkçe). yenisafak (1 kasım 2013). 2 kasım 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 kasım 2013.
- ↑ „VI. Kristal Ağaç Ödül Töreni“. 26 temmuz 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 şubat 2017.