Ismoil Aliyevich Berdiyev (qorachoy-bolqorcha: Бердилени Алиини джашы Исмаил-хаджи) — muftiy, Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi diniy birlashmalar bilan hamkorlik kengashi aʼzosi.

Ismoil Berdiyev
qorachoy-bolqorcha: Бердилени Алиини джашы Исмаил-хаджи
Tavalludi 1954-yil 27-fevral
Vafoti 5-avgust 2024[1]
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Sovet Ittifoqi
Taʼlimi Mir Arab madrasasi, Toshkent islom instituti, Al-Azhar
Kasbi muftiy

Tarjimai holi

tahrir

Millati — qorachoy. 1954-yil 27-fevralda Qozogʻiston SSR Sayram tumanidagi Beliye Vodi qishlogʻida tugʻilgan, 1943-yilda ota-onasi boshqa qorachaylar kabi surgun qilingan. 1957-yildaoilasi bilan vataniga qaytgan va bu yerda oʻrta maktabni tamomlagan. Buxorodagi Miri Arab madrasasini va Toshkentdagi Islom institutini tugatgan. Qohiradagi (Misr) Al-Azhar universitetida tahsil olgan.

1989-yilda Stavropol oʻlkasi musulmonlari qoziyatining raisi etib saylangan. 1991-yildan Qorachay-Cherkes Respublikasi va Stavropol o'lkasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi. 2010-yildan Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi (Stavropol oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tuziladi).

2003-yilda Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazining Moskvada boʻlib oʻtgan yigʻilishida yangi raisi etib saylanadi.

2004-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Diniy birlashmalar bilan hamkorlik boʻyicha kengash aʼzosi[2].

2016-yil avgust oyida „barcha ayollarni sunnat qilish“ tarafdori boʻlgan va ushbu soʻzlari Internetda koʻpchilikning gʻazabiga sabab boʻlgan. Garchi koʻpchilik buni jiddiy qabul qilgan boʻlsada, u hazil qilganini bildirgan[3]. 2016-yil oxirida anti-mukofot bilan taqdirlanib, „Yil seksisti“[4] deb topilgan.

Oilasi

tahrir

Uylangan, ikki qizning otasi.

Mukofotlari

tahrir

Shon-sharaf ordeni (2016-yil 15-fevral) — maʼnaviy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, faol maʼrifiy faoliyati uchun[5];

Doʻstlik ordeni (2004-yil 11-avgust) — maʼnaviy madaniyatni rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun; Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (2009yil 22-iyun) — xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun;

„Doʻstlik“ ordeni (Ozarbayjon, 2019-yil 28-fevral) — Ozarbayjon va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati uchun[6];

Axmat Qodirov ordeni (Checheniston, 2008-yil 8-yanvar ) — Shimoliy Kavkazda davlatchilikni rivojlantirish, tinchlik, xalqlar va konfessiyalar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarning maʼnaviy-axloqiy tiklanishiga hissa qoʻshadigan faoliyati uchun[7][8];

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)Islam.ru.
  2. Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 7 fevralya 2004 goda № 47-rp „O Sovete po vzaimodeystviyu s religioznimi obʼedineniyami pri Prezidente Rossiyskoy Federatsii“
  3. „«Я пошутил»: муфтий Бердиев окончательно отказался от идеи женского обрезания. Он сделал это после поднявшегося скандала и угрозы уголовного преследования“. 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  4. „Муфтий Карачаево-Черкесии Исмаил Бердиев стал лауреатом антипремии «Сексист года»“. Кавказский узел (2017-yil 12-mart). 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  5. „Указ Президента Российской Федерации от 15 февраля 2016 года № 59 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  6. Rasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki o nagrajdenii I. A. Berdieva ordenom „Dostlug“ ot 28 fevralya 2019 goda
  7. „Кадыров и Бердиев передали друг другу ордена“. 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
  8. „Указ Президента Чеченской Республики от 8 января 2008 года № 1 «О награждении орденом Кадырова Бердиева И. А.»“. 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.

Havolalar

tahrir