Abutoriq Ismoil ibn Bulbul (arabcha: أبو الصقر إسماعيل بن بلبل) (891-844/845)[1]al-Moʻtamid (870—892 yillar hukmronligi) davrida Abbosiylar xalifaligining amaldori boʻlib, 878—892 yillarda xalifalik vaziri boʻlib faoliyat olib borgan.

Ismoil ibn Bulbul arab qabilasi boʻlgan Banu Shaybonga mansubligini daʼvo qilgan boʻlsa-da, u fors yoki Mesopotamiyadan boʻlgan[1]. Abbosiylar rasmiy aʼzolari saflarida koʻtarilib, podshohlik devonining boshligʻi boʻlgan, 878-yilda podshox al-Muvaffaq tomonidan eng yuqori fuqarolik lavozimiga – vazirlik lavozimiga tayinlangan. Oradan ozgina vaqtdan soʻng u taxtdan olingan, ammo oʻsha yili qayta tiklangan[1]. Shunga qaramay, hukumatdagi haqiqiy hokimiyat al-Muvaffaqning oʻz kotibi Said ibn Maxlad qoʻlida boʻlgan va faqat 885/886 yilda Said ibn Maxlad ketishi bilan Ismoil haqiqatan ham maʼmuriyat boshligʻi boʻlgan[1]. Xatto harbiylargacha boʻlgan keng koʻlamli hokimiyatga ega edi. Aynan u davomiy moliyaviy tanqislikka duch kelib, keyingi bir necha oʻn yilliklarda xalifalik boshqaruvida markaziy shaxslarga aylangan ikki savdogar aka-uka Ahmad ibn al-Furat va uning ukasi Alini yolladi[1].

Ismoil ibn Bulbul shialarga xayrixoh boʻlib, al-Muvaffaqning oʻgʻli, boʻlajak xalifa al-Muʼtadid (892—902 yillar hukmronligi)ning dushmani hisoblanib, uning oʻsib borayotgan siyosiy va harbiy qudratini zararsizlantirishga urinib koʻrgan.. Al-Muvaffaq 891-yil iyun oyida vafot etgan, uning oʻrniga al-Mu’tadid podshox etib tayinlanganda, Ismoil hibsga olingan va koʻp oʻtmay vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir

Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7. 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Sourdel 1978.