Andoza:Wikidata imageIspaniya Sahroi Kabiri (ispancha: Sahara Español) — Sahroi Kabirning g‘arbiy qismida joylashgan. Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan bu mamlakat ikki qismdan Rio-de-Oro va Sag‘iyat-al-Xamro deb atalgan hududlardan iborat. Mamlakat Mavritaniya va Ifni bilan chegaradosh. G‘arbiy qismi esa Atlantik okeaniga tutash. Maydoni taxminan 267 ming kvadrat kilometr, aholisi 625 mingdan ziyod. Aholi asosan arab-barbarlardan tashkil topgan. Markazi Vilya-Sisneros shahri.

Sahroi Kabir provinsiyasi
ispancha: Provincia del Sáhara
arabcha: إقليم الصحراء
As-Sahrā'a Al-Isbānīyah
Mustamlaka (1884–1958) va
Ispaniya provinsiyasi (1958–1976) Ispaniya
1884-yil–1976-yil

Yashil: Ispaniya Sahroi Kabiri
Och kulrang: Boshqa Ispan mulklari
Toʻq kulrang: Ispaniya
Anthem
Marcha Real
Maʼmuriy markazVilla Cisneros (1884–1940)
Aayyun (1940–1976)
Population 
• 1970[1]
15,600 yevropalik
• 1974[1]
66,925 sahroviylar
Government
 • TypeIspaniya mustamlaka hukumati
General-Gubernator 
• 1884–1902 (birinchi)
Emilio Bonelli
• 1974–1976 (oxirgi)
F. Gómez de Salazar
Tarixiy davrYangi imperializm, Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi, Sovuq urush
26-dekabr 1884-yil
14-noyabr 1975-yil
27-fevral 1976-yil
Hozirda tarkibidaGʻarbiy Sahroi Kabir

Tabiati

tahrir

Sathi – okean sohilidan Atlas tog‘lari tomon ko‘tarilib boradigan past tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining katta qismini dasht-sahrolar qoplagan. Iqlimi juda issiq. Doimiy oqib turadigan daryolar yo‘q. O‘simlik va hayvonot dunyosiga boy emas.

Tarixi

tahrir

Mahalliy aholi uzoq zamonlardan beri ispan bosqinchilariga qarshi kurashib kelgan. Osiyo va Afrikada yuz berayotgan katta o‘zgarishlardan ruhlangan arablar mustaqillik talab qildilar. Ispaniya mustamlakachilari harbiy-strategik jihatdan qulay joylashgan bu mamlakatdan ketmaslikka ko‘p urindilar. Biroq erksevar arablar to‘la g‘alabaga erishmaguncha kurashishga ahd qildilar. Keyingi yillarda milliy-ozodlik kurashi kuchayib bordi.

Xoʻjaligi

tahrir

Ispaniya Sahron Kabiri g‘oyat qoloq mamlakat. Aholi chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Vohalarda don ekinlari yetishtiriladi. Xalqning tirikchiligi g‘oyat og‘ir. Keyingi vaqtlarda AQSH mustamlakacholari mamlakatni harbiy platsdarmga aylantirdilar[2].

  1. 1,0 1,1 Díaz Hernández, Ramón; Domínguez Mujica, Josefina; Parreño Castellano, Juan Manuel (2014). „Gestión de la población y desarrollo urbano en el Sahara Occidental: un análisis comparado de la colonización española (1950–1975) y de la ocupación marroquí (1975–2013)“ [Population management and urban development in the Western Sahara: a comparative analysis of the Spanish colonization (1950-1975) and of the Moroccan occupation (1975-2013)]. Scripta Nova (ispancha). XVIII-jild, № 493 [43]. University of Barcelona. ISSN 1138-9788.
  2. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 271--bet. 

.