Isroil filarmoniya orkestri
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2024-10) |
Isroil filarmoniya orkestri (ivritcha: התזמורת הפילהרמונית הישראלית) – Isroil davlatining yetakchi va eng mashhur simfonik orkestri hisoblanadi. Orkestr 1936-yilda mohir skripkachi Bronislav Guberman tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, u bir qator yevropalik musiqachilarni Falastindagi birinchi yirik doimiy orkestrni yaratishda ishtirok etishga daʼvat etgan. Jamoaning dastlabki nomi Falastin simfonik orkestri (inglizcha: Palestine Symphony Orchestra) boʻlgan. 1936-yil 26-dekabrda Tel-Avivda boʻlib oʻtgan birinchi konsertni mashhur italiyalik dirijyor Arturo Toskanini boshqargan. Orkestr faoliyatining dastlabki bosqichida, 1938—1945-yillarda jamoaning bosh menejeri boʻlgan Leo Kestenberg kabi taniqli mutaxassis uni shakllantirish boʻyicha tashkiliy ishlarga jalb qilingan boʻlsa-da, sezilarli qiyinchiliklarni, jumladan, moliyaviy muammolarni boshdan kechirgan[1]. Ikkinchi jahon urushi paytida orkestr fashistlarga qarshi kurashayotgan davlatlar askarlari uchun, shu jumladan Misrda ham umumiy 140 ta konsert bergan. Gʻalabadan soʻng orkestr Belgiyada bayram konsertlari doirasida chiqishlar qilgan. 1946-yilda orkestr Falastin filarmoniyasi (inglizcha: The Palestine Philharmonic Orchestra) nomini olgan va 1948-yilda Isroil davlati tashkil etilgach, Isroil filarmoniya orkestri deb qayta nomlangan. Jamoa 1948-yil 14-mayda Isroil Mustaqillik Deklaratsiyasini eʼlon qilish marosimida Isroil Madhiyasini ijro etgan. Orkestrning faoliyati bir nechta mashhur dirijyorlar bilan chambarchas bogʻliq. 1947—1949-yillarda jamoaga rahbarlik qilgan Leonard Bernstayn keyinchalik butun umri davomida orkestr bilan chiqishlar qilgan va 1987-yilda faxriy dirijyor unvoniga sazovor boʻlgan. Dastlabki davrlardan boshlab Isay Dobrovayn, Malkolm Sarjent, Sergiu Chelibidake, Ferents Frichay kabi mashhur dirijyorlar bilan hamkorlik qilingan. Orkestrning AQShga birinchi gastrollari 1950-yilda Bernstayn, Sergey Kusevitskiy va Izler Solomon rahbarligida oʻtkazilgan. 1971-yilda orkestr Berlinda gʻalaba konsertini bergan va Isroil davlat madhiyasini qoʻshimcha tarzda ijro etgan. Bu gastrollarni 1968-yildan buyon orkestr bilan ishlab kelayotgan Zubin Meta boshqargan. U 1981-yilda jamoaning umrbod rahbari deb eʼlon qilingan – bu zamonaviy musiqa olamida deyarli misli koʻrilmagan holat hisoblandi[2]. Biroq 2019-yilda 83 yoshli Meta faxriy bosh dirijyor lavozimiga oʻtgan va orkestrni yosh isroillik dirijyor Laxav Shani boshqara boshlagan.
Orkestrning birinchi muhim chiqishi 1950-yillarda dirijyor Paul Kletski bilan Gustav Malerning simfoniyalari boʻlgan. 1960-yilda orkestr 11-oktyabrdan 23-dekabrgacha Fransiya, AQSH, Yaponiya va Hindistonda ikki oydan ortiq davom etgan jahon gastrolini amalga oshirgan. 1976-yilda Artur Rubinshteyn orkestr bilan oʻzining soʻnggi chiqishini – Iogannes Bramsning Birinchi konserti nomi ostida amalga oshirgan. 1988-yil avgust oyida orkestr Tel-Avivdagi Yarkon bogʻida Plasido Domingo va Itsxak Perlman kabi yakkaxon ijrochilari ishtirokida maxsus konsert bergan. Tadbirga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni yuz ming kishini tashkil etgan, bu Isroilda klassik musiqa konsertlari uchun rekord koʻrsatkich hisoblanadi.
Orkestr rahbarlari
tahrir- Uilyam Steynberg (1936-1938)
- Leonard Bernshteyn (1947-1949)
- Pol Pare (1949-1950)
Bernardino Molinari (1948-yilda Isroilga kelgan va u yerda uch yil yashagan[3])
- Jan Martinon (1957-1959)
- Zubin Meta (1968-2019; 1981-yildan umrbod orkestr rahbari)
- Laxav Shani (2020-yildan)
Manbalar
tahrir- ↑ Leo-Kestenberg-Gesellschaft ( at www.leo-kestenberg.com Error: unknown archive URL 20130922221519 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ „Зубин Мета“. Московская государственная академическая филармония. 2017-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-yanvar.
- ↑ The Jerusalem Post 04/16/2010 ( at www.jpost.com Error: unknown archive URL 20131208141049 sanasida arxivlangan)(ingl.)