Istixora namozi
Istixora (baʼzan istihora ham deyiladi; arabcha: الاستخارة) — ikki rakaatdan iborat namoz. Ushbu namozdan so'ng musulmon kishi Allohdan maʼlum bir masala boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qilishda yordam berishini soʻraydi.
Tartibi
tahrirIstixora ikki rakat nafl namoz kabi oʻqiladi va quyidagi duo bilan tugaydi:
Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik soʻrayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulugʻ fazlingni soʻrayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen gʻaybni biluvchisan.
Ey Robbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi boʻlsa, uni menga nasib et va oson qil. Soʻng uni menga barakotli qil.
Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon boʻlsa, mendan uni uzoqlashtir, (undan meni uzoqlashtir) qayerda boʻlsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.)
Allohumma inniy astaxiyruka biʼilmika va astaqdiruka biqudrotika va as‘aluka min fazlikal ʼaziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va taʼlamu va la aʼlamu va anta ʼallamul g‘uyub.
Allohumma in kunta taʼlamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va maʼashiy va ʼaqibati amriy, ʼajili amriy va ojilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi
اللهم إني أستخيرك بعلمك وأستقدرك بقدرتك وأسألك من فضلك العظيم فإنك تقدر ولا أقدر وتعلم ولا أعلم وأنت علام الغيوب
اللهم إن كنت تعلم أن هذا الأمر خير لي في ديني ومعاشي وعاقبة أمري فاقدره لي ويسره لي ثم بارك لي فيه
وإن كنت تعلم أن هذا الأمر شر في ديني ومعاشي وعاقبة أمري فاصرفه عني واصرفني عنه واقدر لي الخير حيث كان ثم ارضني به
Istixoro namozining tavsifi Jobir ibn Abdulloh as-Salamiydan al-Buxoriy, at-Termiziy, an-Nasoiy, Abu Dovud, Ibn Moja va Ahmad ibn Hanbal kabi hadisshunoslar rivoyat qilgan
Manbalar
tahrir- ↑ „Истихора намози“ (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ AskImam.ru.
Adabiyotlar
tahrir- "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.