Ivan Pelizzoli (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Oxirgi marta Italiyaning B Seriyasida „Foggia“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.

Ivan Pelizzoli
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Pelizzoli
Tavallud sanasi 18-noyabr 1980-yil (1980-11-18) (43 yosh)
Tavallud joyi Bergamo, Italiya
Boʻyi 1.97 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1999 Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Atalanta 30 (0)
1999—2000Triestina (loan) 23 (0)
2001—2005 Roma 73 (0)
2005—2007 Reggina 41 (0)
2007—2010 Lokomotiv Moskva 20 (0)
2009—2010AlbinoLeffe (loan) 23 (0)
2010—2011 Cagliari 1 (0)
2011—2012 Padova 18 (0)
2012—2014 Pescara 31 (0)
2014—2016 Virtus Entella 11 (0)
Milliy terma jamoa
1998 Italiya U-17 1 (0)
2000—2002 Italiya U-21 11 (0)
2004 Italiya 6 (0)
2003—2004 Italiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-iyul 2017-yil (utc) uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Yoshlikdagi faoliyati

tahrir

1997-yildan 2000-yilgacha „Atalanta“ va „Triestina“ jamolarida oʻynaganidan soʻng, 2000-01-yilgi mavsumdagi debyut oʻyinini „Atalanta“ bilan 2000-yilning 5-noyabrida A Seriyada oʻtkazdi. Qobiliyatli darvozabon tez orada mashhurlikka erishdi va klubning asosiy darvozaboni sifatida oʻynagan Alberto Fontana va Davide Pinatoni ortda qoldirdi. Oʻsha davrda OAV tomonidan Italiyaning eng yaxshi yosh darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etildi[1].

Keyingi yozda u 2001-yilgi Italiya chempioni „Roma“ga 33 milliard lira evaziga 5 yillik shartnomaga imzolab oʻtadi. U dastlab Franchesko Antonioli uchun zaxira oʻyinchisi boʻlgan, ammo 2002-03-yilgi A Seriya oʻrtalarida Fabio Kapello qoʻl ostida klubning asosiy tarkib darvozaboni boʻlib, „Roma“ga 2003-yilgi Italiya kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan. 2003-04-yilgi mavsumda A Seriyada Pelizzoli Kristian Panuchchi, Valter Samuel, Kristian Chivu va Vinsent Kandeladan iborat himoyachilar ortida harakatlanib, butun A Seriyada eng kam gol oʻtkazgan darvozabon boʻldi. Mavsum davomida u ketma-ket oʻyinlarda 774 daqiqalik magʻlubiyatsiz seriyada gol oʻtkazmasdan A Seriyada ushbu yoʻnalishdagi rekordlar orasida 5-oʻrinni egallagan[2].

Reggina

tahrir

Raqobatbardosh harakat yoʻqligi tufayli u 2005-yilda Reggina bilan 500 evro toʻlovi evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasini imzoladi[3]. Jamoada asosiy tarkib darvozaboni boʻlish uchun Nikola Pavarini bilan raqobat qilishiga toʻgri keldi[4]. Reggina 2003-04-yilgi mavsumda ajoyib formasini tiklagan Pelizzoliga umid bogʻlagan edi, lekin u Regginada oʻzini topa olmadi. 2006-yil iyun oyida Rim Regginaga qolgan 50 % egalik qilish huquqini tekinga berib yubordi[3].

Lokomotiv Moskva

tahrir

2007-yilning 31-yanvarida Pelizzoli Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[5]. Oʻzining birinchi mavsumida u Eldin Yakupovich bilan, ikkinchi mavsumida esa Ivan Levenets va Marek Chech bilan asosiy tarkib uchun kurash olib bordi.

AlbinoLeffe

tahrir

2009-yil 31-avgustda Moskvaning Lokomotiv klubi Pelizzolini B Seriyaning AlbinoLeffe klubiga bir mavsumga ijaraga berdi[6]. Pelizzoli „AlbinoLeffe“ darvozabonlari Stefano Layeni, Daniel Offredi va Paolo Branduani faqat C1 Seriya tajribasiga ega boʻlgani uchun tajriba oshirish maqsadida olib kelindi. U jamoadagi debyutini 2009-yilning 19-sentabrida oʻtkazdi. Sentabr oyida 3 ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, u ustunligini yoqotadi. Buning natijasida asosiy tarkibda ham, zaxirada ham oʻz oʻrnini yoʻqotdi.

Cagliari

tahrir

2010-yilning avgustida Pelizzoli „Cagliari“ga oʻtdi[7]. Lekin bu jamoda zaxira oʻyimchisi sifatida qolib ketdi[8].

Peskara

tahrir

2012-yil avgust oyida Peskara asosiy darvozaboni Mattia Perin uchun zaxira sifatida Pelizzolni sotib oldi[9].

Vicenza

tahrir

2016-yilning 30-martida Pelizzoli qisqa muddatli shartnoma asosida Vicenzaga safiga kelib qoʻshildi[10].

Piacenza

tahrir

2016-yil 24-noyabrda u Piacenza bilan shartnoma imzoladi[11] va 2017-yilga kelib jamoani tark etdi[12].

Foggia

tahrir

2017-yilning 14-iyulida Pelizzoli Foggia bilan shartnoma imzoladi[13]. U birorta ham oʻyinda maydonga tushmagach 2017-yil klubni tark etadi[14].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Pelizzoli Italiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilda oʻtkazgan va 2003-yildan 2004-yilgacha jami 2 oʻyin oʻtkazgan. U 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Italiya jamoasi asosiy tarkibida boʻlib, birinchi tanlov darvozaboni boʻlgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, 2002-yilgi UEFA U-21 futbol boʻyicha Yevropa chempionatida Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida oʻynagan[15].

Faoliyati statistikasi

tahrir

Xalqaro

tahrir
Xalqaro chiqishlar va maqsadlar
# Sana Joy Raqib Natija Maqsad Musobaqa
1. 2003-yil 30-aprel Jeneva, Shveysariya    Shveysariya 2-1 0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
1. 2004-yil 12-avgust Volos, Gretsiya   Gana 2-2 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
2. 2004-yil 15-avgust Volos, Gretsiya  Yaponiya 3-2 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
3. 2004-yil 18-avgust Pirey, Gretsiya  Paragvay 0-1 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
4. 2004-yil 21-avgust Pirey, Gretsiya  Mali 1-0 (AET) 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
5. 2004-yil 24-avgust Pirey, Gretsiya  Argentina 0-3 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
6. 2004-yil 27-avgust Saloniki, Gretsiya  Iroq 1-0 0 2004-yilgi Olimpiada (Italiya U23)
2. 2004-yil 17-noyabr Messina, Italiya  Finlandiya 1-0 0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari

tahrir

Rim[16]

  • Italiya Superkubogi : 2001-yil

Manbalar

tahrir
  1. Antonio Labbate. „Pelizzoli fall a lesson for Perin“. Football Italia (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.
  2. DANIELLA MATAR. „Buffon closing in on record in double-header against Inter“. Yahoo (25-fevral 2016-yil). Qaraldi: 27-fevral 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 „2005–06 Bilancio“ (italyancha). A.S. Roma (6-noyabr 2006-yil). 17-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Antonio Labbate. „Pelizzoli fall a lesson for Perin“. Football Italia (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.
  5. Antonio Labbate. „Pelizzoli fall a lesson for Perin“. Football Italia (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.
  6. „Doppio colpo: Pelizzoli e Grossi“ (italyancha). UC AlbinoLeffe (31-avgust 2009-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2009-yil.
  7. „ITALY/ OFFICIAL, Pelizzoli is a Cagliari player“. FootballPress.net (26-avgust 2010-yil). 27-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2010-yil.
  8. „New Cagliari keeper Pelizzoli hints Marchetti set to leave“. Tribal Football (29-avgust 2010-yil). 27-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
  9. Antonio Labbate. „Pelizzoli fall a lesson for Perin“. Football Italia (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.Antonio Labbate (22 January 2013). „Pelizzoli fall a lesson for Perin“. Football Italia. Retrieved 24 December 2015.
  10. Vicenza Calcio (30-mart 2016-yil). „Ivan Pelizzoli in biancorosso“ (italyancha). Press-reliz. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyun 2017-yil.
  11. Piacenza Calcio (24-noyabr 2016-yil). „Pelizzoli è un nuovo giocatore del Piacenza Calcio“ (italyancha). Press-reliz. Qaraldi: 24-noyabr 2016-yil.
  12. „RISOLUZIONI CONSENSUALI“ (italyancha). Piacenza Calcio 1919 (13-iyun 2017-yil).
  13. Foggia Calcio (14-iyul 2017-yil). „Pelizzoli è rossonero“ (italyancha). Press-reliz. 18-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2017-yil.
  14. „Pelizzoli lascia il Foggia Calcio con zero presenze in campo“ (italyancha). Corriere del Mezzogiorno (16-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 11-aprel 2018-yil.
  15. „Convocazioni e presenze in campo: Ivan Pelizzoli“ (italyancha). FIGC. 5-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2015-yil.
  16. „I. Pelizzoli“. Soccerway. Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.