Ivan Xristoforovich Bagramyan (arman. 2-dekabr 1897-yil, Rossiya imperiyasi, Yelizavetpol viloyati, Zavetpol tumani, Chordaxli qishlogʻi yaqinida – 1982-yil 21-sentyabr, Moskva, RSFSR, SSSR) – Sovet qo'mondoni va arbobi. Sovet Ittifoqi marshali (1955), ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944, 1977) unvonlarini olgan. SSSR Mudofaa vazirining oʻrinbosari (1955-1956, 1958-1968).

Ivan Xristoforovich Bagramyan
Tavalludi 1897-yil 2-dekabr
Vafoti 1982-yil 21-sentyabr

Bagramyan Ulugʻ Vatan urushida qo'shinlar va frontlarga qoʻmondonlik qilgan.

Biografiyasi

tahrir

1897-yil 20-noyabr (2-dekabr)da Yelizavetpol guberniyasining Chordaxli[1] qishlogʻi, Yelizavetpol shahri yaqinidagi temiryoʻlchilar kazarmasida[2], kambagʻal arman oilasida tugʻilgan. Uning otasi Xachatur Karapetovich temir yoʻlda ishlagan va artel rahbari boʻlgan. Onasi Maryam Artyomovna qishloqning temirchi oilasidan boʻlgan, oʻzini butunlay bolalar tarbiyasiga bagʻishlagan.

Boshlangʻich maʼlumotni Yelizavetpoldagi arman cherkov maktabida olgan. Soʻngra 1907-1912-yillarda Tiflisdagi temir yoʻl maktabida, 1912-1915-yillarda texnikumda oʻqigan, shundan soʻng u amaliy texnik boʻlgan.

U arman va rus tillarini bilardi. Ivan Xristoforovich Bagramyan bolaligidan rus tilini maktabda oʻqigan, ammo 1973-yilda „Orlyonok“ telestudiyasining kichik muxbirlarining savollariga javob berayotib, Bagramyanning oʻzi tan olganidek, unga qiyin boʻlgan.

Oʻlimi

tahrir

Ivan Xristoforovich Bagramyan 1982-yil 21-sentyabrda vafot etdi. U Ulugʻ Vatan urushida frontlarni boshqargan marshallarning oxirgisi edi. 1982-yil 23-sentyabrda Moskvadagi Sovet Armiyasi Markaziy uyida marshal Bagramyan bilan vidolashuv marosimi boʻlib oʻtdi. Tobut oldida faxriy qorovul saf tortdi. Faxriy qorovul safida L. I. Brejnev, A. A. Gromyko, K. U. Chernenko, M. S. Solomentsev, N. A. Tixonov, M. S. Gorbachevlar bor edi.

Manbalar

tahrir
  1. Nine – selo Чанлибель v Andoza:МестоРождения Азербайджанa.
  2. Мержанов М. И.. Солдат, генерал, маршал (о Баграмяне И. Х.). М.: Издательство политической литературы, 1974 — 6-bet. 

    Pochti v kajdom dome, kajdom krasnom ugolke, v selskom klube visit portret Marshala Sovetskogo Soyuza Ivana Xristoforovicha Bagramyana. Rodilsya on 2 dekabrya 1897 goda nedaleko ot sela Chardaxli v rabochey kazarme puteysev bliz Yelisavetpolya (Kirovabada).