Jahongir Vohidov

o'zbekistonlik shaxmatchi
(Jahongir Vahidovdan yoʻnaltirildi)

Jahongir Tohirovich Vohidov (1995-yil 27-aprel, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan[1]) – oʻzbekistonlik shaxmatchi, 2014-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Tromso shahrida oʻtkazilgan 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi (2014-yil)da Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida dona surgan. Shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni (2015-yil)[2]. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[3].

Jahongir Vohidov
Jahongir Tohirovich Vohidov

Tugʻilgan sanasi: 27-aprel 1995-yil (1995-04-27) (29 yosh)
Tugʻilgan joyi: Samarqand Oʻzbekiston
Yashash joyi: Toshkent
Unvoni: Grossmeyster (2019), xalqaro usta (2017)
Maksimal reytingi: 2564 (Avgust, 2022-yil)
Hozirgi reytingi : 2586 (2016-yil)
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Faoliyati

tahrir

Jahongir 2013—2014- va 2015—2016-yillarda Hastings xalqaro shaxmat kongressining gʻolibi boʻlgan. Sportchi 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan va musobaqaning birinchi bosqichida Peter Svidler tomonidan magʻlubga uchratilgan edi.

U, shuningdek, shaxmat boʻyicha 2021-yilgi Jahon kubogiga yoʻllanmasiga ega chiqadi. Turnirda 137-oʻrinni egallab, birinchi bosqichda Levan Pantsulaiani 1,5:0,5 hisobida magʻlub etgan. Ikkinchi bosqichda toʻqqizinchi raqam ostida tasniflangan Leinier Domínguez Pérezni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaqa boʻladi. Uchinchi bosqichda esa Pavel Ponkratovdan magʻlubiyat qabul qilib olishga majbur boʻladi[4].

Vahidov 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida soʻnggi turning hal qiluvchi oʻyinida 4-doskada Max Warmerdamni magʻlub etib, oʻyin natijasini Oʻzbekiston foydasiga hal qildi va ularga Olimpiadada gʻolib chiqish imkonini taqdim etdi[5]. Ushbu olimpiadada sportchi oʻz doskasida individual natijalar boʻyicha oltin medalni ham qoʻlga kiritadi[6]. Olimpiada doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tarkibida, Jahongir Vahidov bilan birgalikda, Nodirbek Abdusattorov (18 yosh), Shamsiddin Vohidov (20 yosh), Javohir Sindarov (17 yosh), Nodirbek Yoqubboyev (20 yosh) kabi sportchilar ham mamlakat sharafini himoya qilishgan[7].

Natijalar jadvali

tahrir
Yil Shahar Turnir + = Natija Oʻrin
2010 Kuala-Lumpur «3rd KL Open Chess Championship» 5 3 1 5½ / 9 [8]
2011 Bandar-Seri-Begavan «Brunei 2011 IM Tournament 1» 3 0 6 6 / 9 [9]
Bandar-Seri-Begavan "Brunei 2011 IM Tournament 2" 4 0 5 6½ / 9 [10]
Kuala-Lumpur "Raja Nazrin Shah Invitational Masters Chess Championship" 5 1 3 6½ / 9 [11]
2012 Bandar-Seri-Begavan «Brunei Invitational Grand Master Tournament 2012» 5 0 4 7 / 9 [12]
2013 Dushanbe «3rd Central Asia Cup» 5 0 4 7 / 9 [13]
2014 Tromso 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 5 3 1 5½ / 9
2022 Chennay 44-shaxmat olimpiadasi 5 0 3 6½ / 8

Manbalar

tahrir
  1. „Ratings“. fide.com. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  2. „GM Вахидов Жахонгир из Самарканда - Чемпион Узбекистана по рапиду 2015!“. 2018-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-noyabr.
  3. „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  4. „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup.fide.com. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  5. „⚡️⚡️⚡️Jahongir Vohidovdan g‘alabaaa!“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  6. „Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili, bugungi kun qahramoni Jahongir Vohidov o‘z doskasida individual natijalar bo‘yicha oltin medal oldi!“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  7. „Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:“. Telegram.org. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
  8. „Grossmeysterning 1-normasi“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  9. „Grossmeysterning 2-normasi“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  10. „Grossmeysterning 3-normasi“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  11. „Grossmeysterning 1-normasi“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  12. „Grossmeysterning 2-normasi а“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  13. „Grossmeysterning 3-normasi“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.

Havolalar

tahrir