Jahonzebbonu begim
Jahonzebbonu begim (1705-yilda vafot etgan), xalq orasida Joni Begim nomi bilan tanilgan[1] – Boburiylar malikasi va Muhammad Aʼzamshohning turmush oʻrtogʻi[2], imperator Avrangzebning merosxoʻri boʻlib, 1707-yilda qisqa muddat davomida Boburiy imperatori boʻlgan.
Jahonzebbonu Begim | |
---|---|
Boburiylar imperiyasida Podishohzoda | |
Vafoti |
1705-yil mart oyida Gujarat, Hindiston |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | Aʼzam Shoh |
Uy | Temuriylar |
Otasi | Dara Shikoh |
Onasi | Nodirabonu begim |
Dini | Sunni Islom |
Otasi qoʻl ostida ishlagan italiyalik yozuvchi va sayyoh Nikolao Manuchchi uni goʻzal va jasur deb taʼriflagan[3].
Yoshligi va oilasi
tahrirJahonzebbonuning onasi Nodirabonu begum Boburiylar malikasi boʻlib, imperator Jahongirning ikkinchi oʻgʻli va Shoh Jahonning katta oʻgay akasi shahzoda Muhammad Parvizning qizi boʻlgan[4].
Nodira Begim 1659-yilda dizenteriya[5] kasalligidan vafot etadi va uning oʻlimidan bir necha kun oʻtgach, Dara Shikoh ukasi Avrangzebning buyrugʻiga binoan qatl etiladi. Shoh Jahonning vorisi boʻlgan Dara Shikoh vafotidan keyin Avrangzeb oltinchi Boburiy imperatorga aylanadi. Keyinchalik Jahonzebbonu ota-onasining ketma-ket vafotidan keyin yetim qoladi[6].
Shuning uchun, uni Avrangzeb Agra qal’asiga olib boradi, u yerda uning bobosi Shoh Jahon qamoqda saqlanar edi. U yerda Jahonzebbegim toʻngʻich xolasi Jahonoro Begim qoʻlida goʻyo oʻz qizidek tarbiyalangan. Uning tarbiyasi ostida Jahonzebbegim nihoyatda goʻzal va madaniyatli malika boʻlib ulgʻayadi[7], Jahonoro 1681-yilda vafot etgach, u oʻzining eng qimmatbaho toshlarini sevimli jiyani Jahonzebga vasiyat qiladi[8].
Nikohi
tahrir1669-yil 3-yanvarda Jahonzebbegim oʻzining amakivachchasi, amakisi Avrangzebning toʻngʻich oʻgʻli shahzoda Muhammad Aʼzamga turmushga chiqadi.
1670-yil 4-avgustda Aʼzamning toʻngʻich oʻgʻlini dunyoga keltiradi. Unga bobosi „Bidor Baxt“ deb ism qoʻygan[9]. Avrangzeb butun umri davomida bu ikkisiga va ularning toʻngʻich oʻgʻli shahzoda Bidar Baxtga doimiy ravishda hadyalar yborib turgan. Bidor Baxt bobosining keksalik chogʻidagi eng sevimli nabiralaridan biri boʻlgan.
Turmushga chiqqanidan keyin Jahonzebning turmush oʻrtogʻi xonadonidagi taʼsiri kuchayadi. Avvalo keng maʼnoda harbiy xarakterga egaligi, shuningdek u qaday dramatik boʻlmasa-da, xuddi shu holati uchun tanqid qilinadigan ayollardan boʻlgan.
U Aʼzam va oʻgʻli shahzoda Bidar Baxt oʻrtasidagi munosabatlarni doimiy boshqarish uchun ham javobgar edi. Afsuski, imperatorlik Bidar Baxt va uning otasi oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazadi. Bidar 1700-yillarning boshlarida Malvaga (Aʼzam xizmat qilayotgan Gujaratga tutash) noib etib tayinlanganida, Jahonzeb amakisi Avrangzebdan Bidarni uzoq vaqtdan beri koʻrmagani uchun uning oldiga borshi uchun ruxsat berishini iltimos qiladi. Yosh shahzodaga onasini koʻrishi uchun yetti kun muhlat beriladi[10].
Harbiy izlanishlari
tahrirJahonzeb erining xonadonidagi birinchi rolini keng maʼnoda harbiy rol sifatida taʼriflash mumkin. 1679-yilda malika uch haftadan koʻproq vaqt davomida erining harbiy qoʻshinini boshqargan, oʻshanda shahzoda otasi Avrangzebning shoshilinch chaqiruvi bilan ortga qaytishga majbur boʻlgan. Uch yildan soʻng, 1682-yilda Jahonzeb oʻzining filiga minib, Boburiylarning Maratha armiyasiga qarshi hujumini qoʻllab-quvvatlagan. Aytishlaricha, u shaxsan oʻzi nayza va qalqon olib jangga otlangan. Agar Boburiy armiyasi magʻlubiyatga uchrasa, oʻz joniga qasd qilishga vaʼda bergan. U 1685-1686-yillarda Aʼzamning qoʻshinlari Bijapurga bostirib kirish vaqtida umidsizlanib qolgan bir vaqtda, ular bilan jangga kirishgan va qoʻshin ruhiyatini koʻtargan[10].
Vafoti
tahrirJahonzeb 1705-yilda oʻng koʻkragidagi kasallikdan vafot etgan. Fransuz shifokori Mons Martin malikani oʻsha paytda Dehlida yashovchi qarindoshlaridan biri (hind – portugal nasroniy ayoli boʻlsa kerak), jarrohlik (haziqa) boʻyicha malakali boʻlgan ayol tomonidan tekshirilishini taklif qilgan, shunda u uning hisobotiga koʻra dori-darmonlarni yozib berishi mumkin boʻlar edi. Ammo malika sharob ichuvchi ayolning tekshiruvidan oʻtishni istamagan, chunki uning teginishi tanasini ifloslantirishidan qoʻrqqan. Kasallik ikki yil davom etgan va oxir-oqibat u qattiq ogʻriqdan vafot etgan. Jahonzebbegimning oʻlimidan soʻng Aʼzam hayotining qolgan qismini qaygʻu va umidsizlikda oʻtkazgan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ Sarkar, Sir Jadunath. Southern India, 1645-1669 (en). Orient Longman, 1972 — 215-bet.
- ↑ Sarkar, Sir Jadunath. Studies in Aurangzib's reign: (being Studies in Mughal India, first series) (en). Orient Longman, 1933 — 44-bet.
- ↑ Annie Krieger-Krynicki. Captive princess: Zebunissa, daughter of Emperor Aurangzeb. Oxford University Press, 2005 — 190-bet.
- ↑ Robinson, Annemarie Schimmel ; translated by Corinne Attwood ; edited by Burzine K. Waghmar ; with a foreword by Francis. The empire of the Great Mughals : history, art and culture, Revised, Lahore: Reaktion Books, 2004 — 201-bet. ISBN 9781861891853.
- ↑ Hansen, Waldemar. The peacock throne : the drama of Mogul India., 1. Indian ed., repr., Delhi: Motilal Banarsidass, 1972 — 359-bet. ISBN 812080225X.
- ↑ Sarker, Kobita. Shah Jahan and his paradise on earth : the story of Shah Jahan's creations in Agra and Shahjahanabad in the golden days of the Mughals, 1. publ., Kolkata: K.P. Bagchi & Co., 2007 — 194-bet. ISBN 978-8170743002.
- ↑ Hansen, Waldemar. The Peacock Throne : the drama of Mogul India.. Delhi: Motilal Banarsidass, 1972 — 394-bet. ISBN 9788120802254.
- ↑ Lasky, Kathryn. Jahanara, Princess of Princesses. New York: Scholastic, 2002 — 148-bet. ISBN 9780439223508.
- ↑ Commissariat, Mānekshāh Sorābshāh. A History of Gujarat: Mughal period, from 1573 to 1758. Longmans, Green & Company, 1957 — 214-bet.
- ↑ 10,0 10,1 Faruqui, Munis D.. Princes of the Mughal Empire, 1504-1719. Cambridge University Press, 2012 — 110–111-bet. ISBN 978-1107022171.
- ↑ Sir Jadunath Sarkar. Studies in Aurangzib's reign: (being Studies in Mughal India, first series). Orient Longman, 1933 — 43, 53, 56-bet.