James Arthur
James Arthur (talaffuzi: Jeyms Artur) (1944-yil 18-mayda tugʻilgan) — kanadalik matematik. Avtomorfik shakllar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2015-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
James Arthur | |
---|---|
Tavalludi |
18-may 1944-yil Hamilton, Ontario, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Yale universiteti Duke universiteti Toronto universiteti |
Taʼlimi |
Toronto universiteti Yale universiteti |
Akademik rahbarlari | Robert Langlands |
Mashhur ishlari |
Arthur–Selberg iz formulasi Arthur gipotezalari |
Mukofotlari |
John L. Synge mukofoti (1987) Jeffery–Williams mukofoti (1993) CRM-Fields-PIMS mukofoti (1997) Henry Marshall Tory medali (1997) Gerhard Herzberg fan va muhandislik oltin medali (1999) Wolf mukofoti (2015) Leroy P. Steele mukofoti (2017) |
Arthur 1962-yil Upper Canada kollejini tamomlagan. 1966-yil Toronto universitetidan B.Sc. darajasini, 1967-yil ayni universitetidan M.Sc. darajasini olgan. 1970-yil Robert Langlands rahbarligida Yale universitetidan Ph.D. darajasini olgan.
Olim Arthur–Selberg iz formulasi bilan tanilgan. Xususan, u Arthur–Selberg iz formulasini reduktiv guruhlar uchun umumlashtirgan. Shuningdek, olim reduktiv guruhlar boʻyicha Arthur gipotezalari muallifidir.