James Clear
James Clear – amerikalik yozuvchi va tadbirkor. Odatlar, qaror qabul qilish va uzluksiz rivojlanish kabi mavzularga yoʻnalgan notiq. U 1986-yil 22-yanvarda AQSHning Gamilton, Ohio shtatida tavallud topgan.
James Clear | |
---|---|
Tavalludi |
1986-yil 22-yanvar |
Fuqaroligi | AQSh[1][2] |
Veb-sayti | jamesclear.com |
Taʼlimi
tahrirU Denison universitetida biomexanika fakultetida tahsil olgan va 2008-yil tugallagan[3].
Mashhur asarlari
tahrirU shaxsiy rivojlanish haqidagi asarlar yozishni 2012-yilda boshlagan [4]. U New York Times bestselleri hisoblangan „Atom odatlar“ kitobi muallifi. Bu kitob 2018-yil oktyabr oyida chop etilgan. Bu kitob dunyo boʻyicha 7milliondan ortiq nusxada va 50 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Kitobning yozilishiga uning maktab davrida beysbol oʻyini davomida olgan jarohati asos boʻlgan [5].Chunki uzoq davolanishni taqozo etgan bu baxtsiz hodisa unga kichik odatlarni shakllantirish koʻnikmasini berdi[6].
Faoliyati
tahrir- U odatlar va uzluksiz rivojlanish haqida oyiga 1-2 marta nutq olib boradi.
- U Fortune 500 kompaniyalari, masalan, Intel,LinkedIn, Merill Lynch kabi tadbirlari doimiy notigʻi.
- U jamesclear.com web-sayti asoschisi.
- U The Clear Habit Journal yaratuvchisi.
- Malariaga qarshi tashkilot hissadori.
Sport
tahrirJames Clear maktabda beysbol bilan shugʻullangan. „Men beysbol bilan 17 yil shugʻullanganman“,- deb yozadi James Clear oʻzining shaxsiy web-sayti da[7]. Ammo u 2002-yil beysbol oʻyinlarining birida qattiq jarohatlanadi va bir yilga yaqin muddat davomida sogʻligi bilan bogʻliq muammolarga duch keladi.
Oilasi
tahrir- U 2015-yil may oyida turmush qurgan[8].
Manbalar
tahrirToʻliq ismi | James Clear |
Tugʻilgan sanasi | 22-yanvar 1986-yil |
Tugʻilgan joyi | Gamilton, Ohio, AQSh |
Oilaviy holati | Turmush qurgan |
Daromadi | 8 million AQSh dollari |