Ogayo
Ogayo — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Maydoni 107,0 ming km². Aholisi 11,4 mln kishi (2002), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Kolumbus shahri, yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanvarning oʻrtacha havo harorati 0" dan -3° gacha, iyulniki 23-25°. Yillik yogʻin 800-1000 mm.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Buckeye Shtati | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Columbus | ||||
Eng yirik shaharlar | Columbus Cleveland Cincinnati | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 34-oʻrinda 116,096 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 7-oʻrinda 11,464,042 | ||||
YIM |
AQSh: 7-oʻrinda $419,866 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
17-boʻlib 1-mart 1803 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | OH [39] | ||||
Shtat guli | Scarlet Carnation | ||||
Shtat daraxti | Ohio Buckeye |
Ogayo — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va poʻlat eritishda AQShda Pennsilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orqali koʻmir joʻnatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-asrda fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga binoan, 1763-yilda Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783-yildan AQSH tarkibida. 1802-yildan AQSH shtati.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |