Janar Akayev
Janar Akayev(qirgʻizcha: Жанар Акаев) — (1986.12.13 Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Oloy tumani Qoplon-Koʻl) — qirgʻizistonlik jurnalist, jamoat arbobi, Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Kengeshining deputati[1].
Janar Akayev | |
---|---|
qirgʻizcha: Жанар Акаев | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-dekabr 1986-yil Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati Oloy tumani Qoplon-Koʻl |
Millati | qirgʻiz |
Kasbi | jurnalist |
Umrbayoni
tahrirJanar Akaev 1986-yil 13-dekabrda O‘sh viloyati Oloy tumanidagi Qoplonko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan.
2011-yilda O‘sh davlat universitetining qirg‘iz filologiyasi va jurnalistika fakultetini tamomlagan.
2008-2014 yillarda Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmatida ishlagan[2].
2015-yilning fevralidan avgustigacha Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimida ishlagan.
2015-yil 4-oktyabrda u KSDP ro'yxati bo'yicha VI chaqiriq Jogorku Kengesh deputati etib saylangan.
2017-yil 24-martda u KSDP fraksiyasidan chiqarilgan[3].
2015-2017-yillar - Jogorku Kengeshning Ijtimoiy masalalar, taʼlim, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Mukofotlari
tahrirSuper! Info gazetasi tomonidan 2010-2011 yillardagi Super TV boshlovchisi
"Yevroosiyo oltin qalami" xalqaro mukofoti sovrindori (2011)
Melis Eshimqonov jamg‘armasining “O‘tkir qalam” mukofoti (2014)
Manbalar
tahrir- ↑ Акаев Жанар Кубанычович — биография
- ↑ ЖАНАР АКАЕВ[sayt ishlamaydi]
- ↑ Жанар Акаев КСДП фракциясынан чыгарылды