Oʻsh (viloyat)
| |||||
Markazi | Oʻsh | ||||
Maydoni | 29 200 km² | ||||
Aholisi - Barchasi |
1 130 900 (2011) | ||||
Gubernator V. B. | Sooronbay Jeenbekov (2010-apreldan)[1] | ||||
ISO 3166-2 | KG-O | ||||
Soat mintaqai | UTC +6 | ||||
Avtomobil kodi | O, Z |
Oʻsh viloyati — Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939-yilning 21-noyabrida tashkil qilingan.[2] Oʻsh viloyati respublikaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 29,2 ming km². Aholisi 1 130 900 kishi, asosan, qirgʻizlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Oʻsh shahri.
Geografiyasi
tahrirViloyat hududi Tyanshan va Pomir — Olay togʻlarida joylashgan. Shimoliy gʻarb, shim. va shimoli-sharqida Chatqol, Piskom, Talas Olatovi tizmalari, Susamirtov va boshqalar, sharqida Fargʻona tizmasi (tizmalar orasida yirik togʻlararo botiqlar: Chatqol botigʻi — balandligi 750–1000 m, Ketmontepa botigʻi — balandligi 750–1000 m) bor. Janubiy da Turkiston, Orqa Olay tizmalari (Oʻsh viloyati ning eng baland joyi — 7134 m) qadimiy koʻtargan. Fargʻona vodiysi atroflari adir va togʻ etaklaridan iborat.[3]
Iqlimi
tahrirIqlimi kontinental, quruq. 500 m dan 1000–1100 m gacha balandlikda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°, iyulniki 24 — 27°. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Shu balandliklarda viloyatning asosiy obikor vohalari joylashgan. 2000–3000 m balandlikda iyulning oʻrtacha temperaturasi 11—18°, qishi sovuq va davomli. Yillik yogʻin 400–600 mm (Fargʻona tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida 900 mm gacha). 3000 m dan balandda iqlim anchagina sovuq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 10°dan past), yil boʻyi sovuqsiz kunlar kam.
Daryolari
tahrirEng yirik daryolari: Norin va Qoradaryo. Sarichelak koʻli, Toʻxtagʻul, Papan suv omborlari bor. Togʻlarda 1500 m balandlikkacha boʻz tuproqlarda quruq togʻ dashtlari, undan yuqorida oʻtloq dashtlar tarqalgan. Chatqol va Fargʻona tizmalarida yongʻoqzormevazor oʻrmonlar uchraydi. Yovvoyi mevali daraxtlardan yongʻoq, olma, pista, bodom, olcha, doʻlana, zirk oʻsadi. Olay va Turkiston tizmalarida archa oʻrmonlari bor. 3000–4000 m balandliklarda — togʻ oʻtloqi tuproqlarda subalp va alp oʻtloqlari mavjud. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yongʻoqzormevazor oʻrmonlarda tulki, boʻri, boʻrsiq, oq sichqon, qoʻngʻir ayiq, qobon, yelik, jayra; baland togʻlarda togʻ echkisi, qor qoploni yashaydi. Oʻsh (viloyat) da Sarichelak qoʻriqxonasi joylashgan.
Iqtisodiyoti
tahrirQirgʻiziston Respublikasida qazib olinadigan neft va gaz, koʻmirning asosiy qismini Oʻsh viloyati beradi. Rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, ip va ipak yigiruv, paxta tozalash, goʻsht korxonalari bor. Oʻsh viloyati togʻyaylov chorvachiligining muhim rayoni. Gʻalla (shu jumladan, sholi), paxta, arpa, tamaki ekiladi. Fargʻona atrofidagi vodiylarda bogʻdorchilik (oʻrik, olma, behi) va tokchilik rivojlangan.
Togʻlarda yaylov chorvachiligi mavjud. Asosiy tarmogʻi — goʻsht jun qoʻychiligi. Qoramolchilik sugʻorib dehqonchilik qilinadigan tumanlarda, Olay vodiysida qoʻtoslar, shuningdek, qoramol, qoʻy va echki, yilqi boqiladi. Parrandachilik hamda ipakchilik sohalari rivojlanmoqda. Avtomobil — asosiy transport turi. Muhim avtomobil yoʻllari: Oʻsh—Bishkek, Oʻsh—Toshkent, Oʻsh—Xorugʻ, Oʻsh—Qorasuv—Oʻzgan— Qoragʻulja, Oʻsh — Qizilqiya — Isfana, Oʻsh — Aravon. Temir yoʻl transporti muhim ahamiyatga ega. Pedagogika intituti, tarixiy madaniy muzey qoʻriqxona, 2 drama teatri, kurort va sanatoriylar bor. Turizm rivojlangan.
Tarixi
tahrirHududiy boʻlinshi
tahrirVilyoyat tarkibida:
Aholisi
tahrirMilliy tarkibi
tahrir- qirgʻizlar — 124 660
- oʻzbeklar — 112 295
- turklar — 5 570
- ruslar — 5 530
- tatarlar — 2 341
- turkmanlar — 887
- uygʻurlar — 793
- tojiklar — 652
- ozarbayjonlar — 580
- ukrainlar — 305
- koreyslar — 303
- qozoqlar — 257
- dunganlar — 99
- olmonlar — 84
- armanlar — 31
- gurjinlar — 27
- belaruslar — 19
- yevreylar — 19
- chechenlar — 10
- litvalar — 6
- moldavanlar — 5
- latishlar -
- estonlar — 1
- boshqa millatlar — 1 373
- Jami — 255 847
Taniqli shaxslar
tahrir- Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, yozuvchi.
- Oʻrinboy Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Boltihoji Sultonov (1884-1919) — Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (5-fevral 1918 yil).
- Shavkat Rahmon — oʻzbek shoiri
- Joʻraxon Rahmonov (1918—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Vatan urushi ordeni sohibi.
- Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Davlatbek Rahmonov (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi, Andijon viloyati prokurori yordamchisi va jamoat аrbobi.
- Sultonov Muxtor Nasrullayevich (1926—1998) — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan.
- Darvishbek Rahmonov (1952) — Toshkent viloyati "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi, Shuhrat medali sohibi.
Manbalar
tahrir- ↑ Сообщение АКИpress от 13.4.10; сообщение сайта inkg.info от 12.4.10.
- ↑ Osh oblusu
- ↑ AYMAKTIK MҮNӨZDӨMӨSҮ
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |