Janubiy Kaspiy pasttekisligi
Janubiy kaspiy pasttekisligi — Eron shim.dagi pasttekislik, Kaspiy dengizining jan. sohilida Elburs togʻi etagiga tutashgan. Uz. qariyb 500 km, eni 40 km gacha. Iqlimi subtropik iqlim, oʻrtacha yillik yogin 1000 mm. Nam subtropik oʻrmonlar, botqoqlik koʻp. Sohil boʻylarida bir qancha qoʻriqxonalar bor. Mamlakatning muhim qishloq xoʻjaligi rayonlaridan (sholi, sitrus oʻsimliklar, bogʻlar) biri. Neft va gaz konlari topilgan. Yirik shaharlari: Rasht, Enzeli.[1]