Vyetnam Respublikasi

(Janubiy Vyetnamdan yoʻnaltirildi)

Janubiy Vyetnam yoki Vyetnam Respublikasi (vyetnamcha: Việt Nam Cộng hòa) – Janubiy Vyetnamda „Vetnam davlati“ning sobiq boshligʻi qoʻgʻirchoq imperator Bao-Dayning agʻdarilishi natijasida 1955-yilda tashkil topgan. Maydoni 171 ming kvadrat kilometr. Aholisi 12,5 milion kishidan ortiq. Markazi Saygon shahri (aholisi 2 million kishi).

Vyetnam Respublikasi
vyetnamcha: Việt Nam Cộng hòa
ShiorTổ Quốc – Danh Dự – Trách Nhiệm
“Vatan – sharaf – burch”
Madhiya: Tiếng Gọi Công Dân
“Fuqarolarga qo'ng'iroq”
Prezident muhri:

(1955–1963)

(1963–1975)
1954 yil Jeneva konferensiyasi boʻyicha Vetnam Respublikasining maʼmuriy hududi toʻq yashil rangda koʻrsatilgan
1954 yil Jeneva konferensiyasi boʻyicha Vetnam Respublikasining maʼmuriy hududi toʻq yashil rangda koʻrsatilgan
Poytaxt Saygon
Rasmiy til(lar) Vyetnam tili
Boshqa tillar Fransuzcha
Din
Buddizm
Xristianlik
Konfutsiylik
Daosizm
Vyetnam xalq dini
Koadaizm
Hoahaoizm
Etnoxoronim(lar) Janubiy Vyetlar • Vyetlar
Hukumat
  • Unitar hukmron
    partiyaviy
    prezidentlik
    respublikasi
    (1955–1956)
    Diktatura ostidagi
    unitar
    prezidentlik
    respublikasi
  • (1956–1963)
    Harbiy diktatura sharoitidagi
    unitar prezidentlik
    konstitutsiyaviy
    respublika
  • (1963–1967)
    Unitar hukmron
    partiyaviy prezidentlik
    konstitutsiyaviy
    respublika
  • (1967–1975)
Prezident  
• 1955–1963
Ngo Dim Dyem
• 1963–1967
Vakant (harbiy xunta)
• 1967–1975
Nguen Van Thyeu
• 1975
Chan Van Huong
• 1975
Zuong Van Min
Vitse-prezident  
• 1956–1963
Ngueng Ngok Tho
• 1963–1967
Vakant
• 1967–1971
Ngueng Kao Ki
• 1971–1975
Chan Van Huong
• 1975
Ngueng Van Huyeng
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis
• Yuqori palata
Senat
• Quyi palata
Vakillar palatasi
Tarixiy era Sovuq urush
• Referendum
1955-yil 26-oktyabr
• Vyetnam urushining boshlanishi
1955-yil 1-noyabr
• 1963-yilgi davlat toʻntarishi
1963-yil 3-noyabr
• Ikkinchi Respublika taʼsis etilishi
1967-yil 1-aprel
• Parij tinchlik kelishuvlari
1973-yil 27-yanvar
• Saygonning qulashi
1975-yil 30-aprel
Maydon
• Butun
173,809 km2
Aholi
• 1975-yilgi roʻyxat
19,582,000 kishi
Pul birligi Janubiy Vyetnam dongi
Vaqt mintaqasi UTC+8
Avtomobil harakati Oʻng
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Vyetnam davlati
Vyetnam
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Vyetnam

Sanoati

tahrir

Janubiy Vyetnam iqtisodiy jihatdan amerika va fransuz kapitaliga qaram boʻlgan. Iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi hisoblanadi. Bu yerda oʻtkazilgan yer islohoti yerga nisbatan feodal munosabatlarni tugatolmadi. Haydaladigan yerning 1 million gektaridan koʻprogʻi 6 ming pomeshchik qoʻlida, ayni vaqtda shuncha yer 3 million dehqonlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Janubiy Vyetnamning sanoati asosan oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoat tarmoqlaridan iborat edi. Saygon matbuotining bergan maʼlumotlariga koʻra, mavjud 15 ming urchiqdan 10,5 mingtasi ishlamas edi. Shuning uchun ham toʻqimachilik fabrikalari ish bilan toʻla taʼminlanmadi, mayda hunarmandchilik korxonalarining 60 foizii bekildi.

Mamlakat iqtisodiyoti va transportining rivojlanishi strategik maqsadlarga boʻysundirilgan. Saygon va boshqa portlar harbiy dengiz bazalari sifatida foydalanish uchun qayta moslashtirildi.

Janubiy Vyetnamning tashqi savdosi mustamlaka xarakterida boʻlib, Fransiya, AQSH, Yaponiya va Gʻarbiy Germaniya bilan savdo munosabatlari olib bordi. Bozorlari AQSh mollari bilan toʻldirib tashlandi. Chetga kauchuk va guruch chiqarib, chetdan asosan sanoat tovarlari keltildi.

Davlat tuzumi

tahrir

Prezident davlat va hukumat boshligʻi hisoblanib, u xalq tomonidan 6 yil muddatga saylangan. Hukumat aʼzolari prezident tomonidan tayinlangan. Qonun chiqaruvchi oliy organ Milliy majlisi aholi tomonidan 4 yil muddatga saylangan.

Siyosiy partiyalari

tahrir

„Mehnat va insonparvarlik“ partiyasi. Bu partiya Janubiy Vyetnamda mavjud Ngo-din-Dyem boshchiligidagi reaksion tuzumning tayanchidir; „Ozodlikka erishish harakati“ partiyasi liberal guruhlardan lardan iborat.

Tarixi

tahrir

AQShga suyangan Ngo Din Dyem hukumati taraqqiyparvar unsurlarni boʻgʻib tashlash siyosatini yurgizdi va yarash bitimini kuzatuvchi va nazorat qiluvchi Xalqaro komissiya faoliyatiga toʻsqinlik qildi. Jeneva bitimini qoʻpol ravishda buzib, mamlakatga AQSh qurol-yarogʻlarini keltirdi va VDRga qarshi dushmanlik siyosati yurgizdi. Ngo din Dyem tarafdorlari boʻlgan maʼmurlar Janubiy Vyetnamni harbiylashtirib, qurolli kuchlarni koʻpaytirdi. Umuman olganda mavjud tuzumning agressivligi qurolli kuchlarning koʻpayib borishiga sabab boʻldi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 149--bet.