Jarohatlanish – bu har qanday organizmning tirik toʻqimalarida yuzaga keladigan fiziologik zararlanish boʻlib, u insonlarda, hayvonlarda yoki o‘simliklarda sodir boʻladi.

Tyulenning yirtqich hayvon tomonidan jarohatlangan holati

Jarohatlar turli yoʻllar bilan yuzaga kelishi mumkin: masalan, mexanik tarzda oʻtkir predmetlar (tishlar) yoki oʻtmas narsalarning kirishi orqali, issiqlik yoki sovuqlik taʼsirida, shuningdek zahar va biotoksinlar tomonidan keltirib chiqarilishi mumkin. Koʻplab hayvonlarda jarohat yalligʻlanishga olib keladi va bu esa yarani bitishiga sabab boʻladi. Oʻsimliklar va hayvonlarda koʻpincha jarohatni yopish uchun maxsus moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar qon va suyuqlik yoʻqotilishini cheklaydi va bakteriyalar kabi patogenlarning kirishiga toʻsqinlik qiladi. Koʻplab organizmlar jarohat infeksiyasini yoʻq qiluvchi antimikrob kimyoviy moddalarni ajratib chiqaradi. Shu bilan birga, hayvonlar turli xil immun reaksiyalarga egadir. Oʻsimliklar va hayvonlarda jarohatning toʻliq yoki qisman bitishiga olib keladigan qayta tiklanish mexanizmlari mavjud. Hujayralar ham maʼlum darajada zararlanishni tuzata oladi.

Hayvonlar

tahrir
 
Yirtqich hujumiga uchragan, himoya maqsadida dumini tashlab yuborgan va shu zahoti jarohati bor joydan yangi dum oʻstirishni boshlagan qum kaltakesagi.

Hayvonlardagi jarohat baʼzan hayvon tanasi tuzilishidagi[1] mexanik shikastlanish sifatida taʼriflanadi. Biroq u keng maʼnoda har qanday sababdan kelib chiqqan jismoniy zarar, jumladan cho‘kish, kuyish va zaharlanishni ham oʻz ichiga oladi[2]. Bunday zarar yirtqichlarning hujum qilishga urinishlari, hududiy nizolar, yiqilishlar va abiotik omillar natijasida yuz berishi mumkin[2].

Fila[3] turiga mansub koʻplab hayvonlarda jarohat yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi. Bu qon yoki tana suyuqligining[4] quyuqlashishiga olib keladi, soʻngra yara bitishi boshlanadi. Yara bitishi, masalan, knidariyalarda boʻlgani kabi tez kechishi mumkin[3]. Boʻgʻimoyoqlilar esa oʻzlarining ekzoskeletini hosil qiluvchi boʻgʻimlarining jarohatlarini maʼlum darajada tuzatishga qodir[5].

Bir nechta fila turiga mansub hayvonlar: annelidlar, bo‘g‘imoyoqlilar, knidariyalar, mollyuskalar, nematodelar va vertebratelar jarohatlanganidan soʻng infeksiyaga qarshi kurashish uchun antimikrob peptidlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega[1].

Insonlar

tahrir
 
Insonlarga yetkazilgan jarohatlar shoshilinch tibbiy yordamni, travmatologik jarrohlikni va og‘riqni qoldirish kabi murakkab choralarni talab etadi.

Insonlardagi jarohatlar tibbiyotda muhimligi sababli keng koʻlamda oʻrganib kelingan. Tez tibbiy yordam va og‘riqni qoldirish kabi jarohatlarni davolashga yoʻnaltirilgan amaliyotlar tibbiyotning asosiy qismidir[6][7]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti insonlarda jarohatlanishning tashqi sabablarini tavsiflovchi xalqaro sinflarni ishlab chiqdi. Bu sinflarga: jarohatlanish jarayoni, zarar yetkazuvchi obyektlar/moddalar, sodir boʻlgan joy, jarohatlanishdagi faoliyat va inson maqsadining ahamiyati kiradi[8]. Jarohatlar jismoniy zarardan tashqari, psixologik zarar ham yetkazishi mumkin. Shuningdek jarohatlar post-travmatik stress buzilishini ham keltirib chiqarishi mumkin[9].

Oʻsimliklar

tahrir
 
Chaqmoq urishi natijasida ikkiga boʻlingan eman daraxti – bu jarohatning abiotik sababi hisoblanadi.

Oʻsimliklarda jarohatlar – oʻsimlik qismlarining hasharotlar, sut emizuvchilar[10] va oʻtxoʻr hayvonlar tomonidan isteʼmol qilinishi, bakteriya va zamburug‘lar kabi oʻsimlik patogenlari tomonidan toʻqimalarning shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Bakteriya va zamburugʻlar oʻtxoʻrlarning zararlashidan keyin yoki boshqa yoʻllar[11] bilan kirishi mumkin. Issiq urishi[12], muzlash[13], suv toshqinlari[14], chaqmoq[15] zararli moddalar[16] kabi abiotik omillar ham oʻsimliklarga jarohat yetkazadi[17].

Hujayra shikastlanishi

tahrir

Hujayra shikastlanishi – bu hujayra tashqi va ichki muhit oʻzgarishlari tufayli duch keladigan turli xil stress holatlarining namoyon boʻlishidir. Boshqa sabablar qatorida, bu holat jismoniy, kimyoviy, yuqumli, biologik, ovqatlanish yoki immunologik omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Hujayra shikastlanishi qayta tiklanadigan yoki qayta tiklanmaydigan boʻlishi mumkin. Shikastlanish darajasiga qarab, hujayra moslashuvchan boʻlishi va imkon qadar gomeostaz qayta tiklanishi mumkin[18]. Hujayraning shikastlanish darajasi uning oʻzini tiklash qobiliyatidan oshib ketganda, hujayra oʻlimi yuz beradi[19]. Hujayra oʻlimi zararli taʼsirning davomiyligi va yetkazilgan zararning ogʻirligiga bogʻliq ravishda sodir boʻladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Rennolds, Corey W.; Bely, Alexandra E. (29 September 2022). "Integrative biology of injury in animals". Biological Reviews 98 (1): 34–62. doi:10.1111/brv.12894. ISSN 1464-7931. PMID 36176189. PMC 10087827. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10087827. 
  2. 2,0 2,1 de Ramirez, Sarah Stewart; Hyder, Adnan A.; Herbert, Hadley K.; Stevens, Kent (2012). "Unintentional injuries: magnitude, prevention, and control". Annual Review of Public Health 33: 175–191. doi:10.1146/annurev-publhealth-031811-124558. ISSN 1545-2093. PMID 22224893. 
  3. 3,0 3,1 Sparks, Albert. Invertebrate Pathology Noncommunicable Diseases. Academic Press, 1972 — 20, 133-bet. ISBN 9780323151962. 
  4. Cerenius, Lage; Söderhäll, Kenneth (6 November 2010). "Coagulation in Invertebrates". Journal of Innate Immunity 3 (1): 3–8. doi:10.1159/000322066. ISSN 1662-811X. PMID 21051883. 
  5. Parle, Eoin; Dirks, Jan-Henning; Taylor, David (2016). "Bridging the gap: wound healing in insects restores mechanical strength by targeted cuticle deposition". Journal of the Royal Society Interface 13 (117): 20150984. doi:10.1098/rsif.2015.0984. ISSN 1742-5689. PMID 27053653. PMC 4874426. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4874426. 
  6. Maerz, Linda L.; Davis, Kimberly A.; Rosenbaum, Stanley H. (2009). "Trauma". International Anesthesiology Clinics 47 (1): 25–36. doi:10.1097/AIA.0b013e3181950030. ISSN 1537-1913. PMID 19131750. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/19131750/. 
  7. Ahmadi, Alireza; Bazargan-Hejazi, Shahrzad; Heidari Zadie, Zahra et al. (2016). "Pain management in trauma: A review study". Journal of Injury and Violence Research 8 (2): 89–98. doi:10.5249/jivr.v8i2.707. ISSN 2008-4072. PMID 27414816. PMC 4967367. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4967367. 
  8. „International Classification of External Causes of Injury (ICECI)“. World Health Organization. 2004-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
  9. Agarwal, Tulika Mehta; Muneer, Mohammed; Asim, Mohammad et al. (2020). "Psychological trauma in different mechanisms of traumatic injury: A hospital-based cross-sectional study". PLOS ONE 15 (11): e0242849. doi:10.1371/journal.pone.0242849. ISSN 1932-6203. PMID 33253298. PMC 7703890. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7703890. 
  10. Tarr, S. A. J. „Plant injury due to insects, mites, nematodes and other pests“, . Principles of Plant Pathology. Macmillan, 1972 — 126–137-bet. DOI:10.1007/978-1-349-00355-6_9. ISBN 978-1-349-00357-0. 
  11. Cappelli, Seraina Lisa; Koricheva, Julia (2 July 2021). "Interactions between mammalian grazers and plant pathogens: an elephant in the room?". New Phytologist (Wiley) 232 (1): 8–10. doi:10.1111/nph.17533. ISSN 0028-646X. PMID 34213785. 
  12. Smillie, R.M.; Nott, R. (1979). "Heat Injury in Leaves of Alpine, Temperate and Tropical Plants". Functional Plant Biology (CSIRO Publishing) 6 (1): 135. doi:10.1071/pp9790135. ISSN 1445-4408. 
  13. Burke, M. J.; Gusta, L. V.; Quamme, H. A.; Weiser, C. J.; Li, P. H. (1976). "Freezing and Injury in Plants". Annual Review of Plant Physiology (Annual Reviews) 27 (1): 507–528. doi:10.1146/annurev.pp.27.060176.002451. ISSN 0066-4294. 
  14. Kramer, Paul J. (1 October 1951). "Causes of Injury to Plants Resulting from Flooding of the Soil". Plant Physiology (Oxford University Press) 26 (4): 722–736. doi:10.1104/pp.26.4.722. ISSN 0032-0889. PMID 16654407. PMC 437542. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=437542. 
  15. Nelson, Scot C. (July 2008). "Lightning Injury to Plants". Plant Disease (PD-40). https://www.ctahr.hawaii.edu/oc/freepubs/pdf/PD-40.pdf. 
  16. Heath, R. L. (1980). "Initial Events in Injury to Plants by Air Pollutants". Annual Review of Plant Physiology (Annual Reviews) 31 (1): 395–431. doi:10.1146/annurev.pp.31.060180.002143. ISSN 0066-4294. 
  17. Hill, A. C.; Pack, M. R.; Treshow, M. (1961). "Plant injury induced by ozone". Phytopathology 51. https://www.osti.gov/biblio/5518148. 
  18. Wolf, Ronni. Emergency Dermatology. Cambridge University Press, 2011 — 1–10-bet. ISBN 9780521717335. 
  19. Cobb, J. P. (1996). "Mechanisms of cell injury and death". British Journal of Anaesthesia 77 (1): 3–10. doi:10.1093/bja/77.1.3. PMID 8703628. https://archive.org/details/sim_british-journal-of-anaesthesia_1996-07_77_1/page/3.