Jarrohlik asboblari
Jarrohlik asboblari – jarrohlik aralashuvi oʻtkazish uchun kerak boʻladigan asbob, moslama va qurilmalardir.
Jarrohlik asboblari tasnifi
tahrirJarrohlik asboblari umumiy jarrohlik asboblari va maxsus asboblarga ajratiladi.
Umumiy jarrohlik asboblari
tahrirJarrohlik asboblari barcha turdagi operatsiyalarda qoʻllanadi. Ular 4 guruhga boʻlinadi:
- toʻqimalarni ajratishga (kesishga) moʻljallangan asboblar (skalpel, pichoq, qaychi, arra va boshqalar);
- qon ketishini tόxtatadigan asboblar (turli xil qisqichlar);
- yordamchi asboblar (pintset, ilmoqcha, oyna, zond, jarohat kengaytirgich va boshqalar);
- toʻqimalarni birlashtirish (tikish) uchun ishlatiladigan asboblar (ignatutgich va ignalar, maxsus tikuv apparatlari)
Maxsus asboblar
tahrirFaqatgina, bir maqsadda ishlatiladigan asboblar (urologik, ginekologik, travmatologik, neyroxirurgik va boshqa asboblar)[1]
Tarixi
tahrirQadimgi tibbiyotning rivojlanishi bilan koʻplab jarrohlik asboblariga ehtiyoj sezilgan va dastlab ular eng sodda koʻrinishda ishlab chiqarilgan. Hozirda tibbiy bilimlarning rivojlanganligi sababli ularning koʻrinishi ham oʻzgargan. Tarixiy jihatdan tibbiy asboblar rivojlanib kelishining ikki toʻlqini tafovut qilinadi. 1900-yillarda rivojlanib boshlagan antiseptika va aseptika tushunchalarining vujudga kelishi asboblarga boʻlgan talabning ham ortishiga sabab boʻldi. Jarohatga ishlov berishda paxta, steril doka kabilar bilan ularni tutib turadigan moslamalarga ham zarurat tugʻila boshladi. Asboblar dastlab yogʻochdan yoki fil suyagidan yasalib, ularni sterilizatsiya qilish ham oson emas edi. Metalldan asboblar yasalib boshlagach esa, sterilizatsiya ham oson va samarali qilinadigan boʻldi. Havfsizlikni taʼminlash va ishlashga qulay boʻlishi uchun asboblarni yasashda imkon qadar kamroq qismlardan foydalanildi[2]. Jarrohlikning eng keng tarqalgan turlaridan qoʻl jarrohligida asboblar bilan ishlash dastlab, Ikkinchi jahon urushi davriga toʻgʻri kelgan. Hozirgacha oʻsha davrda yaratilgan va ishlatilgan asboblar davr shifokorlari ismi bilan ataladi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://doc.ua/bolezn/xirurgicheski[sayt ishlamaydi]
- ↑ nyamhistorymed „. "surgical instruments".“. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.