Jasliq
Jasliq (Yoshlik) – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1975-yildan). Aholisi 4,1 ming kishi (2000), qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, tatar, turkman va boshqalar millat vakillari yashaydi. Temir yoʻl stansiyasi. Jasliqda „Tuley“ gaz kompressor stansiyasi, lokomotiv deposi, temir yoʻlni taʼmirlash korxonasi mavjud. Jasliq orqali yoʻlovchilar tashuvchi xalqaro poyezdlar qatnaydi. Umumiy taʼlim maktabi, klub, madaniy sport majmuasi, kutubxona, kasalxona, dorixona, hammom, nonvoyxona bor. Jasliq yonida qad. ipak yoʻli boʻyidagi „Belevli“ karvonsaroyining qoldiqlari saqlangan[1].
Jasliq | |
---|---|
Qishloq (1975-yildan shaharcha) | |
43°58′4″N 57°29′38″E / 43.96778°N 57.49389°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Region | Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
{{{tuman_turi}}} | Qoʻngʻirot |
Rasmiy til(lar)i | qoraqalpoqcha, oʻzbekcha |
Aholisi (2011) |
3 968 |
Milliy tarkib | qoraqalpoq, qozoq, oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 230608 |
|
Infratuzilmasi
tahrirJasliq qishlogʻidan 9 km shimoli-sharqda sobiq harbiy aerodrom mavjud. Qishloq yaqinida 1980-yillarda kimyoviy qurol va ulardan himoya vositalarini sinovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan sakkizinchi kimyoviy mudofaa stansiyasi harbiy poligoni joylashtirilgan. Poligonning asosiy hududi Beyneu-Nukus avtomagistralidan sharqda, avtomagistral va Orol dengizi oraligʻida joylashgan. Maydoni taxminan 30x40 km oʻlchamdagi beshburchak shaklida. Poligonda Nukus shahrida joylashgan harbiy qismlar: kimyoviy sinov polki (44105-harbiy qism) va kimyoviy quroldan himoya vositalarini ishlab chiqish markazi (26382-harbiy qism) harbiy xizmatchilari tomonidan boshqarilgan. Poligonni aviatsiya bilan taʼminlash uchun Nukus aerodromida joylashgan 101-alohida sinov aviatsiya eskadroni (An-26 samolyoti, Mi-8 vertolyotlari) ishlatilgan. Poligon va aerodrom qurilishi harbiy quruvchilar tomonidan amalga oshirilgan. 11708 va 01528-sonli harbiy qismlar Jasliq qishlogʻida joylashgan. Jasliq qishlogʻidagi harbiy qismlar 43177 (Nukus) harbiy qismiga boʻysunadi.
1991-yil oxiri – 1992-yil boshida „Jasliq“ aerodromi, poligon va ikkita harbiy qurilish boʻlinmasi yopilgan. Harbiy xizmatchilar Rossiyaga olib ketilgan edi.
1999-yilda sobiq harbiy shaharcha va aerodrom oʻrnida diniy ekstremistik guruhlar faoliyatiga aloqador boʻlgan mahkumlar uchun qattiq tartibli „Jasliq“ (UYA 64/71) koloniyasi tashkil etilgan. Oʻsha yili Oʻzbekiston Islomiy Harakati va boshqa diniy ekstremistik guruhlar faoliyatiga aloqador boʻlganlar orasidan birinchi mahkumlarni qabul qilgan. 2008-yilda Oʻzbekistonda oʻlim jazosi bekor qilingach „Jasliq“da oʻlim jazosi toʻliq qamoq jazosiga almashtirilgan mahbuslar saqlangan[2]. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 2-avgust kungi „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish toʻgʻrisida“gi qarori bilan Qoraqalpogʻiston Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilangan[3].
Diqqatga sazovor joylar
tahrirJasliq temir yoʻl vokzalidan 67 km shimoli-gʻarbda Ustyurt platosida oʻrta asr meʼmorchiligi yodgorligi Beleuli karvonsaroyi joylashgan[4]
-
Beleulining XX asrdagi koʻrinishi
-
Beleulining hozirgi koʻrinishi
-
Beleuli chizmasi
Aholisi
tahrirJasliq shaharchasi aholisi 1979-yilda 2275 kishiga yetgan[5]. 1989-yilda 3791 kishini[6], 2011-yilda 3968 kishini tashkil etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Бологов, Петр „Бастилия на Устюрте. Шавкат Мирзиёев решил закрыть тюрьму «Жаслык»: почему это важно“ (ruscha) (5 августа 2019). Qaraldi: 5-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Mirziyoyev mashhur "Jasliq" qamoqxonasini tugatmoqda“. oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 5-oktabr 2023-yil.
- ↑ Казахстан. Национальная энциклопедия. — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2004. — Т. I. — ISBN 9965-9389-9-7. 416-bet
- ↑ „Перепись-1979“. 2013-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-yanvar.
- ↑ „Перепись-1989“. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-yanvar.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |