Javid Gamzatov
Javid Shakirovich Gamzatov (1989-yil; 27-dekabr; Qizilyurt, Dogʻiston ASSR) — belaruslik Yunon-rum (klassik) kurashchi, Universiadaning bronza medali sovrindori (2013), jahon chempionatining bronza medali sohibi (2013), Rio-de-Janeyro olimpiadasining bronza medali sohibi. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2016). Lezgin millatiga mansub[1].
Javid Shakirovich Gamzatov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Rossiya Belarus |
Tavallud sanasi |
27-dekabr 1989-yil Qizilyurt, Dogʻiston ASSR, Rossiya |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
Murabbiy(lar)i |
Xaybula Xaybulayev Malik Eskendarov |
Tarjimai holi
tahrirJavid Gamzatov Dogʻistonda tugʻilgan. Javidning ota-onasi Dokuzparin tumanining Qurush qishlogʻidan[2]. Qizilyurt shahridagi 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi murabbiyi — Xaybulayev Xaybula Magomedrasulovich.
2006-yilda Belarus Respublikasiga koʻchib oʻtgan va u yerda Malik Eskendarov bilan birga mashgʻulotlarni davom ettirgan[1].
Belarus davlat universitetining yuridik fakultetini sirtdan tamomlagan[1].
Gamzatov Ulan-Batorda oʻtkazilgan birinchi jahon saralash turnirida gʻalaba qozonib, 2016yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan. Rio-de-Janeyrodagi olimpiadadagi ishtirokini qurʼa tashlash marosimidagi omad tufayli Javid toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi davradan boshladi va xitoylik raqibi — Peng Feini ishonchli tarzda magʻlub etdi. Chorak finalda avstriyalik Amer Hrustanović magʻlub etildi. Yarim finalda Gamzatovning raqibi amaldagi jahon va Yevropa chempioni, ukrainalik Zhan Beleniuk boʻldi[3]. Butun jang davomida Javid bir ochko ham qoʻlga kirita olmadi va 0:6 hisobida magʻlub boʻldi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Gamzatov qiyin bahsda bolgariyalik Nikolay Bayryakovni magʻlub etdi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ushbu musobaqada Javid Gamzatov Belarus terma jamoasining yunon-rum kurashi boʻyicha medal olishga muvaffaq boʻlgan yagona vakiliga aylandi. Rio olimpiadasida Belarus Respublikasi sharafini 123 nafar sportchi himoya qilgan[4].
Yutuqlari
tahrir- 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori.
- 2013-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
- 2013-yil Qozon shahrida oʻtkazilgan Universiadaning bronza medali sovrindori[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Десять фактов о Джавиде Гамзатове, который принес Беларуси первую за 8 лет медаль Игр в борьбе | SPORT.TUT.BY“. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
- ↑ „Кизилюртовец приносит Белоруссии медаль чемпионата мира“. 2013-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Olympic Weight Class Preview: Greco-Roman 85kg and 130kg“. 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Студент юридического факультета БГУ Джавид Гамзатов завоевал бронзовую медаль на XXXI летней Олимпиаде в Рио-де-Жанейро“. bsu.by (2016-yil 15-avgust). Qaraldi: 10-aprel 2024-yil.
- ↑ „Универсиада-2013. Казань.“. 2013-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.