Jayralar (Hystricidae) — kemiruvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Tanasining uzunligi 90 sm gacha, ogʻirligi 15 kg. Usti va yonlari uzunligi 40 sm gacha boʻlgan uzun, qattiq jun, qorin tomoni qattiq qillar bilan qoplangan. 10 ga yaqin turni oʻz ichiga olgan 4 urugʻdan iborat. Afrika, janubiy Yevropa, Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda uchraydi. Hystrix hirsutirostris Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda yashaydi. Janubiy togʻ va togʻ etaklarida, tekisliklardagi soy va jarliklarda, aholi punktlariga yaqin joylarda chuqur uya qazib yashaydi. Bahorda uchraydi, 2–4 ta bola tugʻadi. Qishda oʻsimliklarning piyozi, ildizpoyasi va urugʻi, koʻklamda oʻt, yozda makkajoʻxori, tarvuz, qovun, uzum, toʻkilgan mevalar bilan oziqlanadi. Janubiy ekinlar zararkunandasi hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil