Jazoirda Islom
Islom Jazoirda davlat dini hisoblanadi. Bu mamlakat aholisining 98,2 foizi islom diniga eʼtiqod qiladi[1][2]. Jazoirda dunyo musulmonlarining 2,2 % istiqomat qiladi[3].
Tarixi
tahrirIslom Jazoirga VII asrda Shimoliy Afrikani arablar bosib olish paytida kelgan. Shundan soʻng, islom Jazoir hududining koʻp qismiga tez tarqaldi, garchi nasroniy va butparast jamoalar Murobitlar sulolasi hukmronligi davrigacha saqlanib qolgan boʻlsa-da. XVII asr oxirida Jazoirning katta qismini ibodiylar mazhabiga mansub Rustamiylar boshqargan. 909-yilda ular shia sulolasi Fotimiylar tomonidan magʻlubiyatga uchradilar va Sahroi Kabirdagi Mzab vodiysiga qochib ketishdi, hozir ham ularning avlodlari asosan Ibodiylar boʻlib qolmoqda. Fotimiy ismoiliylarning taʼlimoti Magʻribda mashhur boʻlmaganligi sababli, Fotimiylar ketganidan keyin ham bu hududlar sunniy islom diniga amal qilishda davom etdi. Janubiy Jazoirdagi tuareglar faqat XV asrda islomni qabul qilganlar. Jazoirda mamlakat aholisining koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan Malikiy mazhabi tarqaldi, faqat Usmonlilar hukmronligi davrida Jazoirga koʻchib kelgan turklarning avlodlari Hanafiy mazhabiga mansub[4]. 1830-yilda fransuzlar Jazoirni bosib oldilar. Ularning bosqinchiligi koʻpincha diniy xususiyatga ega boʻlgan qarshilikni keltirib chiqardi. Bu vaqtda soʻfiy birodarliklari — tariqatlar muhim rol oʻynay boshladi. Fransiya mustamlakachilik davrida mustamlaka maʼmuriyati kofirlarga qarshi diniy kurash bayrogʻi ostida mamlakat mustaqilligi uchun kurashuvchilarning birlashishidan qoʻrqib, islom dinining tarqalishini har tomonlama oldini oldi. Fransiya qonunlariga koʻra, musulmonlar ommaviy yigʻilishlar oʻtkazishlari va oʻqotar qurol olib yurishlari mumkin emas edi. Musulmon taʼlimining yoʻqligi anʼanaviy islom oqimining zaiflashishiga va xurofotga asoslangan diniy bid’atning paydo boʻlishiga olib keldi. Musulmon voizi Ben Badis islomni xurofot va fetishizmdan tozalash maqsadida 1931-yilda Jazoir musulmon ulamolari uyushmasini tuzdi[5]. Jazoir xalqining ozodlik kurashida islom dini muhim rol oʻynadi. Jazoir mustaqillikka erishgach, islom bu davlatning davlat diniga aylandi[6].
Joriy holat
tahrirJazoirda 34 million 780 ming musulmon istiqomat qiladi, bu mamlakat aholisining 98,2 foizini tashkil qiladi. Jazoirdagi musulmonlarning aksariyati molikiy mazhabidagi sunniylar, shuningdek, mamlakatda hanafiy mazhabi vakillari, asosan, turklar avlodlari bor. Kobiliyada oz sonli shialar bor va Mzab vodiysida bir qancha ibodiy jamoalari yashaydi. Soʻfiy birodarliklari, garchi XIX asrdagiga qaraganda kamroq tarqalgan boʻlsa-da, hali ham sezilarli taʼsirga ega. Jazoirdagi Islom davlat dini boʻlib, fuqarolar hayotining deyarli barcha sohalarini tartibga soladi. Musulmonni Islomdan voz kechib, boshqa dinni qabul qilishga chaqirgan har qanday kishini jazolaydigan qonun bor[7]. Jazoirliklarning musulmon homiylari anʼanasi bor. Jazoirning homiysi Sidi Abdurahmon, ehtimol, ulardan eng mashhuri.
Manbalar
tahrir- ↑ „Table: Religious Composition by Country, in Percentages“ (en). Pew Research Center's Religion & Public Life Project (2012-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „The World Factbook — Central Intelligence Agency“ (en). www.cia.gov. 2012-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „Mapping the Global Muslim Population“ (en). Pew Research Center's Religion & Public Life Project (2009-yil 7-oktyabr). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ Louis A. Gordon, Ian Oxnevad. Middle East Politics for the New Millennium: A Constructivist Approach. Lexington Books, 2016-10-07. ISBN 9780739196984.
- ↑ „ABDELHAMID BEN BADIS“ (fr). Centerblog (2011-yil 16-aprel). 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „The World Factbook — Central Intelligence Agency“ (en). www.cia.gov. 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „За призывы отречься от ислама и принять другую религию в Алжире будут сажать и штрафовать“. NEWSru.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.