Jean Leray
Jean Leray (talaffuzi: Jan Lere) (7-noyabr 1906-yil — 10-noyabr 1998-yil)[1] — fransiyalik matematik. Leray qisman differensial tenglamalar va algebraik topologiya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1979-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Jean Leray | |
---|---|
Tavalludi |
7-noyabr 1906-yil Chantenay-sur-Loire (bugungi kunda Nantes shahriga kiradi) |
Vafoti |
10-noyabr 1998-yil (92 yoshda) La Baule |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Nancy universiteti Parij universiteti Collège de France |
Akademik rahbarlari | Henri Villat |
Mashhur shogirdlari |
Armand Borel István Fáry |
Mashhur ishlari | Qisman differensial tenglamalar, algebraik topologiya |
Mukofotlari |
Malaxa mukofoti (1938) Feltrinelli mukofoti (1971) Wolf mukofoti (1979) Lomonosov oltin medali (1988) |
Leray Chantenay-sur-Loireda (bugungi kunda Nantes shahri tarkibiga kiradi) tugʻilgan. 1926–1929-yillarda Oliy normal maktabda oʻqigan. 1933-yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1938–1939-yillarda Nancy universitetida, 1945–1947-yillarda Parij universitetida, soʻngra 1978-yilgacha Collège de Franceda professor boʻlib ishlagan.
Leray topologiya boʻyicha ishlarining asosiy qismini 1940–1945-yillarda Avstriyaning Edelbach shahrida urush lageri mahbusi boʻlgan paytida yozgan. Differensial tenglamalar boʻyicha bilimini yashirgan, chunki bunday tenglamalarning amaliy matematikaga aloqasi tufayli uni urush loyihalarida ishlashga majburlashlaridan qoʻrqqan. Olimning ishlari spektral ketma-ketliklar hamda tutamlar tushunchalarining rivojlanishida muhim rol oʻynagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Andler, M. (2006). "Jean Leray. 7 November 1906 -- 10 November 1998: Elected ForMemRS 1983". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 52: 137. doi:10.1098/rsbm.2006.0011.