Jeffrey Pfeffer (1946-yil 23-iyulda tugʻilgan. Sent-Luis, Missuri) – amerikalik biznes nazariyotchisi, mutafakkir hamda Stenford universiteti tashkiliy xulq-atvor boʻyicha professori. Bu boshqaruv bugungi kunda eng nufuzli boshqaruvchilardan biri hisoblanadi[1][2].

Jeffrey Pfeffer
Tavalludi 23-iyul 1946-yil (1946-07-23) (78 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Webb School of California unversiteti
Kasbi Akademik
Partiyasi Liberal

Biografiyasi

tahrir

Pfeffer oʻrta maktabdagi taʼlimni Webb School of California maktabida tamomlagan. U Carnegie-Mellon universitetida bakalavr va magistr darajalarini oldi. Stenford universitetida esa doktorlik darajasini egalladi. U oʻz faoliyatini Illinoys universiteti qoshidagi biznes maktabida boshlagan. Keyinchalik 1973—1979-yillarda Berkli Kaliforniya universitetida dars bergan.

Pfeffer dunyoning 39 mamlakatida maʼruzalar qilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi koʻplab kompaniyalar va uyushmalar, jumladan Sutter Health, Mayo Clinic, Kaiser Permanente, John Hancock, Hewlett-Packard nashriyotchilar uyushmasi uchun boshqaruv seminarlarini oʻtkazdi.

Yozma asarlari

tahrir

Pfeffer 150 dan ortiq maqola va kitoblar yozgan. U 15 ta kitob muallifi hisoblanadi. Jumladan, „The Human Equation: Building Profits by Putting People First“, „Managing with Power: Politics and Influence in Organizations“, „The Knowing-Doing Gap: How Smart Companies Turn Knowledge Into Action“, „Hidden Value: How Great Companies Achieve Extraordinary Results with Ordinary People“ larni misol kelirishimiz mumkin.Power: Why Some People Have It—And Others Donʼt“ kitobi 2010-yil sentyabr oyida yozilgan va shu yilning oʻzida chop etilgan[3]. "Pfeffer’s book, entitled Leadership BS: Fixing Workplaces and Careers One Truth at a Time" deya nomlangan kitobi 2015-yilda HarperBusiness tomonidan nashr etilgan. Uning soʻnggi "Dying for a Paycheck" („Maosh uchun oʻlish“) kitobida xodimlarning sogʻligʻiga zarar etkazadigan ish joyidagi amaliyotlari tahlil qilinadi. Uning hisob-kitoblariga koʻra, bunday amaliyotlar AQShda yiliga 120000 ortiq oʻlimga olib keladi. Bu kitob orqali esa ularning yarmini oldini olish mumkin.

Boshqa ommaviy axborot vositalarida

tahrir

Musiqa

tahrir

2016-yilgi „Who Has The Time“ albomida Tulsa, Oklahomadagi The Earslips guruhining „Jeffrey Pfeffer’s Wikipedia Article Summary“ nomli qoʻshigʻini chiqardi. Qoʻshiq matnlari u haqidagi inglizcha Vikipediya maqolasining birinchi xatboshidagi satrlarida keltirilgan[4].


Havolalar

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. Quest for Innovation, Motivation Inspires the Gurus. Wall Street Journal, May 5, 2008
  2. Accenture top 50 business intellectuals
  3. „Qn magazine, February 2011“. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  4. „Jeffrey Pfeffer's Wikipedia Article Summary, by the Earslips“.