Jennifer Kurinczuk
Jennifer Kurinczuk – Britaniyalik shifokor. Oxford universitetida perinatal epidemiologiya boʻyicha professor va shu boʻlim direktori. 2019-yilda Qirollik ginekologiya va akusherlik boʻlimi aʼzosi boʻlgan. COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus kasalligining neonatal davrga taʼsirlarini oʻrgangan.
Jennifer Kurinczuk | |
---|---|
Tavalludi |
|
Ish joylari |
|
Taʼlimi | Leicester universiteti |
Taʼlimi
tahrirKurinczuk shifokor boʻlishni bolaligidan orzu qilgan[1]. Dastlab u Leicester universiteti, tibbiyot yoʻnalishida taʼlim olgan va 1985-yilda oʻqishni tugatgan. Bakalavr darajasini epidemiologiya yoʻnalishi boʻyicha bitirgan. Keyin kichik shifoxonada shifokor boʻlib ish boshlagan. U London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida oʻzining epidemiologiya yoʻnalishi boʻyicha Wellcome Trust stependiyasini yutib olgan. U yerda ishlab doktorlik darajasiga erishgan. Keyin yana Leicester universitetiga qaytib, sogʻliqni saqlash boʻyicha salmoqli ishlar olib bordi.
Faoliyati
tahrirKurinczuk 1992-yilda Avstraliyaga koʻchib ketadi va u yerdagi Telethon Kids institutiga perinatal epidemiolog boʻlib ishga kiradi[2]. Yetti yil Avstraliyada ishlab, Buyuk Britaniyaga qaytadi va yana Leicester universitetida katta oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlaydi. Leicester epidemiologiya sohasi boʻyicha magistrlik kurslari ochadi. 2003-yilda Milliy sogʻliqni saqlash hizmati tomonidan faoliyatlari boʻyicha olim stependiyasiga loyiq topiladi. Mablagʻlarning hammasini Oxford universitetining Milliy perinatal epidemiologiya boʻlimiga topshiradi. 2008-yilda u direktor oʻrinbosari, 2011-yilda Milliy perinatal epidemiologiya boʻlimida direktor lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Uning salmoqli ishlari, onalar va bolalar jismoniy hamda ruhiy salomatligini taftish qilish, olgan maʼlumotlarini axborotlashtirishdan iborat boʻlgan[3]. Shu bilan birga Kurinczuk bola tugʻilgan vaqtdagi dastlabki nevrologik oʻzgarishlarni, ensefalopatiya sabablari va oqibatlarini oʻrgangan[4]. Oxford, Buckingham kabi muassasalarda boʻlib, bolalardagi tugʻma anomaliyalar, portal tugʻma nuqsonlar haqida maʼlumotlar toʻplagan.
Kurinczuk 2009—2013-yillarda onalar oʻlimini kuzatib borib, Buyuk Britaniya boʻyicha auditoriya darslariva soʻrovnomalar tashkil qilib havf omillarini aholiga yetkazish dasturini tuzgan va oʻzi boshchilik qilgan. 2015-yilda onalar oʻlimi ancha kamaygan boʻlsada, targʻibot orqali ayollarga yaxshiroq gʻamxoʻrlik qilish, oʻz joniga qasd qilish holatlarini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni yetkazgan[5]. Kesarcha kesish amaliyoti yoʻli bilan farzand dunyoga keltirgan ayollardagi kelgusi kasalliklar, sogʻlom ayollarga qaraganda koʻproq uchraydigan havf omillari haqida ham Kurinczuk maʼruzalarida aytib oʻtgan[6].
2019-yilda u Qirollik akusher va ginekologlari safiga faxriy aʼzo boʻlib qoʻshildi.
COVID-19 pandemiyasida Kurinczuk koronavirusning neontal asoratlarini oʻrgandi. U bu kasallikning tarqalishi, klinik belgilari, davolash usullari borasida izlanishlar olib bordi[7]. U epidemiya tarqalgan vaqtda muddatdan oldin homilador boʻlish havflarini kasallik bilan bogʻlab izohladi. Buyuk Britaniya kasalxonalari tugʻruq boʻlimidagi 400 dan ortiq homilador ayollarda besh haftalik davridagi koronavirus kasalligining kechishini tahlil qildi. Uning natijalari boʻyicha homilador ayollarda homilador boʻlmagan ayollarga qaraganda koronavirus yuqish ehtimoli ancha past darajani koʻrsatgan. Etnik jihatga koʻra, qora tanli homilador ayollar, oq tanli homilador ayollarga qaraganda koronavirusga tezroq chalinish havfi yuqori ekanligi aniqlangan. Kurinczuk Milliy perinatal epidemiologiya boʻlimi bilan birgalikda olib borgan gender tengligi mavzusidagi ishlari uchun Athena SWAN kumush mukofotiga sazovor boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- Hansen, Michèle; Kurinczuk, Jennifer J.; Bower, Carol; Webb, Sandra (2002-03-07). "The Risk of Major Birth Defects after Intracytoplasmic Sperm Injection and in Vitro Fertilization". New England Journal of Medicine 346 (10): 725–730. doi:10.1056/NEJMoa010035. ISSN 0028-4793. PMID 11882727. https://figshare.com/articles/journal_contribution/10158353.
- Kurinczuk, Jennifer J.; White-Koning, Melanie; Badawi, Nadia (2010-06-01). "Epidemiology of neonatal encephalopathy and hypoxic–ischaemic encephalopathy" (en). Early Human Development 86 (6): 329–338. doi:10.1016/j.earlhumdev.2010.05.010. ISSN 0378-3782. PMID 20554402. http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0378378210001088.
- Hansen, Michèle; Bower, Carol; Milne, Elizabeth; de Klerk, Nicholas; J. Kurinczuk, Jennifer (2005-02-01). "Assisted reproductive technologies and the risk of birth defects—a systematic review" (en). Human Reproduction 20 (2): 328–338. doi:10.1093/humrep/deh593. ISSN 0268-1161. PMID 15567881. https://academic.oup.com/humrep/article/20/2/328/603230.
Manbalar
tahrir- ↑ www.diversityprojects.ox.ac.uk. Retrieved 2020-05-16. „Jenny Kurinczuk — Diversity Projects"“. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑ Stanley, Fiona „"The TVW Telethon Institute for Child Health Research"“.
- ↑ Health Research Authority „"Professor Jenny Kurinczuk"“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ University of Birmingham. "Disordered brain function in newborn babies – trying to measure the scale of the problem", 2020-05-16.. [sayt ishlamaydi]
- ↑ medicalxpress.com „"Maternal suicides – more could be prevented".“. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ ScienceDaily „"Outcomes of birth options after a previous Cesarean section".“. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ Royal College of Paediatrics and Child Health. "NEONATAL COMPLICATIONS OF CORONAVIRUS DISEASE (COVID-19)". Qaraldi: 2020-yil 16-may.